Yurtimizga yana sanoqli kunlardan keyin bahor fasli kirib keladi. Shu kunlarda barcha hududlarda yangilanish va yasharish faslini munosib kutib olish tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Davlatimiz rahbari 2022 yilning 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyatni respublikaning namunaviy hududiga aylantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surib, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda “Navoiy tajribasi” ni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.  

Joriy yil bahor mavsumida viloyatda magistral avtomobil yo‘llari, tuman-shahar ichki yo‘llari va yo‘l yoqalari, qishloq xo‘jaligi yerlari, fermer xo‘jaliklari, ijtimoiy soha ob’ektlari, korxona va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli hududlar va mahallalarga qariyib 8,8 million dona mevali va manzarali daraxt hamda butalar ekish rejalashtirilgan.  

– Mazkur tashabbus ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, – deydi Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Furqat Qodirov. – “Yo‘l xarita”ga asosan viloyatda ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, aniq manzilli dasturlar ishlab chiqildi. Bunda tumanlarda 5 gektardan kam bo‘lmagan hududlar aniqlanib, ekiladigan ko‘chatlar uchun yer tayorlash, sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, yerni mahalliy o‘g‘itlar bilan boyitish choralari ko‘rildi. Hududlardagi har bir korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daraxt ekish bo‘yicha rejasi belgilab olindi. Bunda daraxt ko‘chatlarini ekish sug‘orish tizimini inobatga olgan holda rejalashtirildi.  

O‘tgan yil kuz mavsumida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida viloyatda 5 million 274 ming donadan ziyod manzarali va mevali ko‘chatlar hamda qalamchalar ekildi. Ekilgan ko‘chatlar iqlim sharoiti va Fanlar Akademiyasi tavsiyasidan kelib chiqqan holda tanlanib, asosan, suvsizlik va kasallikka chidamli gujum, qayrag‘och, katalpa, akatsiya, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabilarni ekishga e’tibor qaratildi.  

– Tomdi tumani viloyatning cho‘l hududi sanalib bu yerda asosan suvsizlikka chidamli bo‘lgan butalar ekish maqsadga muvofiq, – deydi tuman tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i A’zam Azizov. – Shuning uchun Keregetov ovul fuqarolar yig‘ini hududida 15 gektar maydonga 15 ming donadan ziyod saksovul ko‘chatlari ekildi. Bu umummilliy loymhada tuman Yoshlar ishlar agentligi va korxona hamda tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va yoshlar faol ishtirok etdi  

Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘li atrofida “yashil jamoat parki” tashkil etilgan bo‘lib, uning yer maydoni 1 gektarni tashkil qiladi. “Yashil jamoat parki” aholi sayr qilishi uchun mo‘ljallangan daraxtzor va butazorlardan iborat bo‘lib, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, bino, inshootlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari, shu jumladan attraksionlar qurilishi taqiqlanadi. Viloyat bo‘yicha 2026 yilga qadar loyiha doirasida 15 ta “yashil jamoat parki” tashkil qilinadi.    

Ma’lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “belbog‘”lar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan Karmana tumani “Malikrabot” mahallasi hududida “yashil belbog‘” yaratildi.  

– Ushbu “yashil belbog‘” ni tashkil etish maqsadida 5 gektar tashlandiq yer maydoni obodonlashtirilib, mutaxassislar bilan maslahatlashildi va hududga mos daraxt navlari tanlandi, – deydi “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ direktor o‘rinbosari Komiljon Hafizov. – 2022 yilning kuzida 6000 tup katalpa, qayrog‘och, yasin, tut kabi daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu yerda sug‘orish tizimi mavjud bo‘lib, suv Zarafshon daryosidan nasos tizimida olinadi. Korxonamiz ishchi-xodimlari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” mavsumida 10 ming tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekdik.  

“Navoiyazot” AJ Navoiy shahriga juda ham yaqin masofada joylashgan. Shuning uchun korxona tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “yashil belbog‘” lar hududini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.  

– Ushbu “yashil belbog‘” lar hududi 1,2 gektar yer maydonidan iborat bo‘lib, o‘tgan yil kuzida 1 ming 200 tup gujum ko‘chatlari ekildi, – deydi korxona bo‘lim boshlig‘i Tolmas Ro‘zimurodov. – Yer maydonimiz sanoat xavfsizligi talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Ko‘chatlar to‘rt qator qilib, belgilangan me’yorlarga asosan ekilgan.  

Albatta, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Zero, yurtimizda bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashish bilan birga qut-baraka belgisi ham hisoblanadi. Qolaversa, havo tozalanib, unda kislorod miqdorining oshishiga olib keladi.  

Abduvali Bo‘riyev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrifidan so‘ng: “Navoiy tajribasi” ommalashadi