Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi Tursunboy ota Aripovni nafaqat tumanda, balki viloyatda ham ko‘pchilik mirishkor bog‘bon sifatida biladi.

Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan.Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo‘rdoqichilik chorva fermasida 40-yil mehnat qildi.  

2011-yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.    

Tursunboy ota turmush o‘rtog‘i Inoyatxon aya bilan 3 o‘g‘ilni tarbiyalab elga qo‘shdi. Bugungi kunda chol-kampir 16 nafar nevara-chevara ardog‘ida. O‘g‘illari Azizjon, Azimjon Azamatning katta tomorqalarida ham  uzumning ko‘plab navlari parvarish qilinmoqda.

– Prezidentimizning tumanimizga tashrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun bo‘ldi, – deydi Tursunboy ota. – Tashrif chog‘ida Yurtboshimiz menga “Treker” avtomashinasini sovg‘a qildi. Keyin mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishimni aytdi. Ishonsangiz, haligacha hayajonim bosilgani yo‘q. Xushxabarning qo‘shqanoti bo‘ladi, deganlaridek, mahalla- ko‘y, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoshlar, do‘st-birodarlarning tabriklari og‘ushida yashayapman. Farg‘ona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumchi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Hamqishloqlarimga bu borada qo‘limdan kelganicha xizmat qilaman.  

Otaning kenja o‘g‘li Azamat anchadan buyon Rossiyada ishlardi. Davlat rahbari tashrifidan xabar topgach, uydagilarga “Qanday zo‘r imkoniyatlar berilayapti. Men endi o‘zimizda ishlayman, deb 3-4 kun oldin  uyiga qaytib keldi. Endi kredit olib parrandachilik bilan shug‘ullanish niyatida.  

Ayni kunlarda otaxonning hovlisi uzumchilikka qiziqqan bog‘bonlar bilan gavjum. Prezidentimizning sovg‘asi  minglab odamlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnatga ruhlantirmoqda.  

   Shuhrat Suyarov, Shahriyor Ortiqboyev (surat),

 O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident sovg‘asi sayxunobodliklarni ruhlantirmoqda