Prezident maktubi – yoşlar uçun hayotiy saboq va ezgu tilak
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida yozilgan xat” nomli maktubida ilgari surilgan fikr-mulohazalarning mazmun-mohiyatini talaba-yoşlar örtasida keng tarğib qilişga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbat taşkil etildi.
Unda universitet Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça prorektor vazifasini bajaruvçi Ğ.Urazbayev xatning mazmuni, unda aks etgan hayotiy saboqlar va yoş avlod oldida turgan muhim vazifalar haqida sözlab berdi. Jumladan, Prezidentning xalq xizmatini hayot mazmuni deb bilişi, Vatan taraqqiyoti, aholi farovonligi va yoşlar kelajagi yölida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar alohida qayd etildi.

Tadbir davomida xatda ilgari surilgan ilm-maʼrifatga intiliş, taʼlim oliş, buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib voris böliş, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, maktubdagi “Bilim va tafakkur – tuganmas boylik” hamda “Vatanga foyda keltirişga, yurtimiz uçun kerakli bölişga intil!” degan hayotiy daʼvatlar yoşlar uçun muhim mezon ekani taʼkidlandi.

Şuningdek, Prezidentimizning maktubida bayon etilgan mardlik, or-nomus, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylaş, har qanday vaziyatda ham insoniylikni yöqotmaslik borasidagi nasihatlar talaba-yoşlar eʼtiboriga havola etildi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda Vatanga muhabbat, milliy ğurur va yuksak masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri