Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning 27-29-may kunlari Oʻzbekistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda.

Xususan, “Bundesdeutsche Zeitung” gazetasi eʼlon qilgan maqolada Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida unga Germaniya biznes doira va madaniy muassasalar vakillari hamrohlik qilishi aytilgan, deyiladi “Dunyo” axborot agentligi internet sahifasida eʼlon qilingan maqolada. 

Xabarda taʼkidlanishicha, 2016-yildan boshlab Oʻzbekistonda mamlakat iqtisodiyotining barcha yoʻnalishlarini liberallashtirish boshlangan. Nashr “Germany Trade & Invest” (GTAI) agentligining Markaziy Osiyo boʻyicha eksperti Uve Shtrobaxning quyidagi soʻzlarini keltiradi:
“Xususiy sektor uchun ishbilarmonlik muhiti sezilarli darajada yaxshilangan. Qabul qilingan yangi qonunlar huquqiy bazani optimallashtiradi va byurokratiyak toʻsiqlarni kamaytiradi. Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni misli koʻrilmagan jadallikda olib boryapti. Mahsulotlarni sotib olish va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni ancha soddalashtirilgan. Koʻplab sohalar xususiy biznes uchun ochiq. Turli-tuman litsenziyalar va tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar bekor qilingan. Eksport va import litsenziyalarining qisqartirilishi hisobiga tijoriy kelishuvlarni amalga oshirishdagi byurokratik amallar tartibga solingan”.

Maqola muallifi Oʻzbekistondagi islohotlarning izchillik bilan olib borilayotgani xorijiy davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga zamin yaratayotganini qayd etadi. Turli sohalar boʻyicha 2018–2020-yillarga moʻljallangan dasturlarning umumiy qiymati 30 milliard dollardan ziyodni tashkil qiladi. Nemis kompaniyalariga barcha sohalar boʻyicha rejalashtirilgan loyihalarda oʻz vaqtida ishtirok etish tavsiya etilmoqda.

“dpa-AFX” axborot agentligi, “Handelsblatt” nashri, "Finanznachrichten.de“, ”Wallstreet-Online.de“, ”Boerse.de" portallari oʻz sahifalarida eʼlon qilgan maqolada esa Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrifi chogʻida 2016-yili davlat rahbarligiga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlash istagida ekani haqida yozishgan.

“Shavkat Mirziyoyev shu yilning yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Berlinda boʻldi. Oliy martabali mehmon sharafiga Belvyu saroyida harbiy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, kansler Angela Merkel bilan ham uchrashdi. Ekspertlar juda qisqa muddatdagi javob tashrifi odatiy tajribaga oʻxshamaydi, yaʼni ushbu tashrif Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning Germaniya tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanishidan darak berishini anglatadi”, deyiladi nemis jurnalistlari maqolalarida.

Xabar keltirilishicha, Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentda fuqarolik jamiyati vakillari va ziyolilar bilan ham uchrashadi. Tashrif yakunida turli sohalar boʻyicha hamkorlikka doir kelishuvlar imzolanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda