23-25 iyun kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonida «UZIME – 2025» xalqaro uskunalar ko‘rgazmasi ish boshladi. Bir maydonda dunyoning yetakchi kompaniyalari ishlab chiqaruvchilari va brendlari jam bo‘lishdi.

Unda birgina Xitoyning barcha hududlaridan 65ta yirik kompaniya xomashyo, quyish uskunalari, qolip tizimlari va avtomatlashtirilgan texnologiyalari bilan qatnashdi.

Albatta har bir biznesning taraqqiyoti zamonaviy uskunalar bilan bevosita bog‘liqdir. Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha ushbu ko‘rgazma mintaqada xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qilishga yoki mahalliy korxonalarimizni yirik biznes vakillariga tanishtirishga qulay platformadir.  

Unda xalqaro ekspertlarning taqdimotlari, yuzma-yuz uchrashuvlar va yangi loyihalarning namoyishi bo‘lib o‘tadi. Tadbir ishtirokchilari uchun bu yerda foydali shartnomalar tuzish va o‘z bizneslarini yangi formatda yo‘lga qo‘yishlari uchun yetarlicha sharoit yaratilgan.  

Namoyishlardan mahalliy va xorijiy maishiy texnikalar, idish-tovoq, uy-ro‘zg‘or va oshxona jihozlari, ularni ishlab chiqaruvchi texnologiyalar hamda hunarmandchilik buyumlar o‘rin olgan. Shuningdek, energetika, elektronika, qurilish, suv xo‘jaligi, metallurgiya, tog‘-kon va o‘yinchoq sanoati uchun muhim komponentlar keng assortimentda taklif etilmoqda.

Yana bir e’tiborimizni tortgan stend eronlik tadbirkorlarniki bo‘ldi. Yurtlarida shunday murakkab sharoit bo‘lishiga qaramay o‘zlarining mahsulotlari bilan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishlari tahsinga loyiq.  

- Biz Erondan keldik va bu yerda “Delta” kompaniyasi nomidan ishtirok etmoqdamiz, — deydi ko‘rgazma ishtirokchisi eronlik Ali Shafii. — Asosan sanoat, qurilish va uy xo‘jaligi uchun turli xildagi yelim mahsulotlarini ko‘rgazmaga taqdim etdik. Bizni kompaniya dunyo bozorlarida 60 yillik tajribaga ega. Korxonamiz Tehronda joylashgan. Bir yarim yildan buyon O‘zbekiston bozorida faol ishtirok etib kelmoqdamiz. Mahsulotlarimiz sifati ham barcha talablarga javob beradi.  

Bu kabi tadbirlarning yurtimizda o‘tkazilishi kelgusida mintaqada ulgurji savdo, logistika va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish zanjirlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Af8_FlTV2K4" title="Poytaxtimizda xalqaro uskunalar ko‘rgazmasi ish boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda xalqaro uskunalar ko‘rgazmasi ish boshladi (+video)