Poytaxtimizda «Uzbekiston Global Tour – 2026» musobaqasining I bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Toshkent shahridagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida konkur (to‘siqlardan sakrab o‘tish) bo‘yicha «Uzbekiston Global Tour – 2026» musobaqasining birinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
«A» toifasida (130 sm) Xurshid Olimjonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Alisher Erkinovga nasib etdi.
«B» toifasida (115 sm) Ashrabxon Nig‘matov birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Xurshid Olimjonov va Lochin Tohirjonovga nasib etdi.
«V» toifasida (110 sm) Abdushukur Sobirjonov g‘olib bo‘ldi. Ulug‘bek Usmonov va Mirzohid Musayev sovrindorlar safidan joy oldi.
[gallery-27844]
«G» toifasida (100 sm) Sevinch Nazarova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Saidali Shukurov hamda Maryam Xidirova ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Havaskorlar o‘rtasida (80 sm) Ozod Qobiljonov g‘oliblikka erishdi. Yosra Fayz va Sardon O‘rinboyev sovrindor bo‘ldi.
Ilk bor musobaqada qatnashgan otlar o‘rtasidagi bahslarda (80 sm) Ashrafxon Nig‘matov g‘olib deb topildi. Behzod Ergashboyev kumush, Shavkat Abdurashidov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar