Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Xalqaro zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va jamoatchilik orasida zo‘ravonlikka qarshi murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Unda xotin-qizlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, 2025 yilda Toshkent shahrida o‘rganish natijasida 3 ming 493 nizoli oila aniqlanib, ular xavflilik darajasiga ko‘ra uchta toifaga ajratildi.   Nizoli oilalarning barchasi tuman ichki ishlar organlarining mas’ul rahbarlariga biriktirildi va qizil toifadagi oilalar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarga biriktirildi. Natijada 2,5 mingdan ortiq oilada  nizolar bartaraf etildi, mingdan ortig‘i yarashtirildi.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga joriy yilda 2,5 mingga yaqin  himoya orderi rasmiylashtirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga oshgan. Ushbu himoya orderiga oid taqiqni buzganlik holati yuzasidan 89 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Tadbir davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan mas’ullar taqdirlandi.

Tadbirda zo‘ravonlikka qarshi sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi.   

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtda zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga 2,5 mingga yaqin himoya orderi rasmiylashtirilgan