Portugaliya mag‘lub bo‘lgan kechada Ronaldu tarixiy natija qayd etdi
JCH-2026 nimchorak finali doirasida kechgan va Portugaliyaning Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvida (0:1) afsonaviy forvard asosiy tarkibda maydonga tushib, hakamning yakuniy hushtagigacha harakat qildi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichida to‘liq uchrashuv o‘tkazgan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi va musobaqa tarixidagi yangi rekordni rasmiylashtirdi.
JCH-2026 nimchorak finali doirasida kechgan va Portugaliyaning Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvida (0:1) afsonaviy forvard asosiy tarkibda maydonga tushib, hakamning yakuniy hushtagigacha harakat qildi.
Ispaniyaga qarshi uchrashuv kuni Ronaldu 41 yoshu 151 kunlik edi. Shu tariqa, u mundiallarning hal qiluvchi pley-off raundlarida 90 daqiqa davomida to‘p surgan eng faxriy futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.