Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya dastlabki turda durang qayd etdi
Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Jahon chempionatining 1-tur bahslari davom etmoqda.
Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq portugallar hisobni ochishning uddasidan chiqdi. Pedro Netuning uzatmasidan so‘ng Joau Nevesh boshi bilan afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqaga kelib, Yoan Vissa gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.