Pokizaxon Kamoliddinova - Osiyo o‘yinlari g‘olibi
XX Osiyo o‘yinlarining 28-sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Pokizaxon Kamoliddinova -78 kilogramm vazn toifasining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Sumin Moga (Janubiy Koreya) qarshi raqobatlashdi. Bahsda sportchimiz g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Darvoqe, bu vaznda bahs olib borgan yana bir vakilimiz Shohista Nazarova bronza medalga sazovor bo‘lgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 11 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 40 taga yetdi. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA