Barnoxon Sayfullayeva — Osiyo o‘yinlari g‘olibi
XX Osiyo o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi balandlikka sakrash bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Barnoxon Sayfullayeva 190 metr natija qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi va delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi. Ushbu yo‘nalishda qozog‘istonlik Kristina Ovchinnikova kumush, hindistonlik Pudja Singx bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 14 ta oltin, 17 ta kumush va 14 ta bronza, jami 45 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA