Andijon shahridagi 32- umumta’lim maktabida “PISA 2025” tadqiqoti tajriba-sinov jarayoni doirasida o‘quvchilarning bilim darajalari sinovdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining to‘rtinchi yo‘nalishida o‘quvchilarning bilim darajalarini xalqaro dasturlar asosida aniqlash bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.    

Ana shu vazifalar ijrosi doirasida mamlakatimizda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi kabi nufuzli tashkilotlarning xalqaro PISA dasturi asosida o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, yurtimizdagi qator umumta’lim maktablarida “PISA 2025” xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida sinov-tajriba jarayonlari o‘tkazilmoqda.  

– Tadqiqotlar doirasidagi tajriba-sinov jarayonlarida ishtirok etish uchun viloyatimizdagi 8 maktabdan 460 nafar o‘quvchi tanlab olingan, – deydi Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash shu’basi bosh mutaxassisi Shahlo Nishonova. – Tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilar tabiiy va aniq fanlar, shuningdek, o‘qish savodxonligi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tishadi.  

[gallery-17278]

Xalqaro standartlar asosida noan’anaviy tarzda o‘tkaziladigan sinovlar o‘quvchilarning bilim darajasini, olgan bilimlaridan noodatiy holatlarda foydalanish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, o‘quvchilarning bergan javoblari orqali mamlakatimiz, xususan, viloyatimiz maktablarida berilayotgan ta’limning sifati va samaradorligi aniqlanadi.  

Ta’kidlash kerakki, ushbu sinov-tajriba jarayonida ishtirok etuvchi maktablar, o‘quvchilar mamlakatimizda tanlab olinmagan. Balki xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga taqdim etilgan ro‘yxat asosida ishtirokchilar ana shu tashkilotning o‘zi tomonidan tasodifiy tanlangan va ularning ro‘yxati taqdim etilgan.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilda dunyoning 90dan ortiq davlatida o‘tkazilayotgan “PISA 2025” tadqiqotlari asosidagi tajriba-sinov natijalari har bir maktab doirasida tahlil etilmaydi. Uning natijalari asosida ta’lim sifati hamda o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish borasidagi nuqson va bo‘shliqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi.  

“PISA 2025” tadqiqoti tajriba-sinov jarayonlari viloyatdagi tanlab olingan barcha umumta’lim maktablarida joriy yilning 13-mayiga qadar bo‘lib o‘tadi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“PISA 2025”: o‘quvchilarning bilim darajasi va ta’lim sifati aniqlanadi