Pillakorlar rag‘batlantirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Norin tumanida ipak qurti parvarishi jarayonlarini o‘rgandi.
Tumanning Uchtepa mahallasida yashovchi kasanachi Tanzila Nozimova xonadonida ayni paytda 6 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Dastlabki hosil terib olingan bo‘lib, endi pilla o‘rash jarayonidagi ipak qurtlari parvarishi davom etmoqda.
Ta’kidlash joiz, tumanda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlar yaratish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat rahbari tomonidan yuqori natijalarga erishgan pillakorlar munosib rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-29328]
Bildirilishicha, tumanda joriy mavsumda 3970 quti ipak qurti parvarishlanib, 238 tonna pilla xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA