Uxan – aholisi eng tez o‘sayotgan shahar
Xitoyning Uxan shahri Xitoyda aholisi eng tez o‘sayotgan shahar maqomini oldi.
O‘tgan 2021 yilda doimiy ro‘yxatda turuvchi Uxan aholisi 1,2 millionga ko‘payib, 13,65 millionga yetdi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish hokimiyati taxminlariga ko‘ra, Uxan yaqinda Xitoyning mega-shaharlari ro‘yxatiga qo‘shiladi. Bunday ro‘yxatga kirish uchun shahar hududida 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qilishi kerak.
bugungi kunda ro‘yxatga yettita shahar kiritilgan. Ular Tyanszin, Chunsin, Chendu, Shenchjen va Guanchjou shaharlaridir.