Yangi O‘zbekistonda Uchinchi renessansning poydevorini mustahkam qurish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar jamiyat hayotidagi barcha sohalarni qamrab olganligini bugungi kunda teran fikr egalari va halqimiz o‘z hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq his etmoqdalar. 

Umuman olganda tariximizda yuz bergan birinchi va ikkinchi Renessanslar, ya’ni Uyg‘onish davrini yuzaga kelish sabablariga e’tibor qaratilsa, bir qator islohotlar ustuvor ahamiyat kasb etganligini guvohi bo‘lamiz. Birinchidan, o‘sha davrda mamlakat tinchligi va barqarorligini mustahkamlashga erishilgan bo‘lsa, ikkinchida, ta’lim-tarbiya va ilf-fan sohalarini rivojlantirishga birlamchi vazifa sifatida katta e’tibor qaratilishi bo‘ldi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Uchinchi renessans sari dadil qadamlar tashlanayotgan ekan, bir qator islohotlarni e’tirof etish lozim albatta. So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ham muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev boshchiligida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat tinchligi va barqarorligini ta’minlash orqali jamiyat hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bunday o‘zgarishlardan asosiysi ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarida ham kuzatish mumkin. Xususan, falajlangan maktabgacha ta’lim tizimi oyoqqa turg‘azildi va bu soha bugunga kelib zamon bilan hamnafas rivojlanishga yuz tutdi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida yoshlarga o‘rta ta’lim berish bilan bir qatorda kasb-hunarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari ihtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Prezident maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Kasb-hunar ta’lim tizimida Professional ta’lim muassasalari vujudga keldi. Oliy ta’lim muassasalari xalqaro me’yorlarga integratsiyalashuv boshlandi. Yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish borasida ham salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Xususiy ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning har tomonlama moddiy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda va bu ishlar davom ettirilmoqda. 

Jamiyatda pedagoglarning o‘rni va nufuzini oshirishga, ularga munosib yashash va mehnat sharoitlarini yaratib berishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Fikrimiz isboti sifatida 2024-yil 1 fevral kuni 21 moddadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishini keltirishimiz mumkin. Ushbu qonunning qabul qilinishi aynan mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlarga hamohan tarzida bo‘ldi.

Qonunda keltirilgan moddalarga e’tibor qaratsak, pedagoglarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, “Pedagogning maqomi” deb nomlangan 3-moddasining uchinchi xat boshida “Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi” deb ta’kidlangan. Endilikda pedagoglar davlat va qonun himoyasida ekanligini bilish mumkin. O‘zbekistonda pedagoglarga qaratilayotgan bunday e’tibor bejiz emas albatta. Chunki, Vatanimiz ravnaqi, rivojlangan davlatlar orasida munosib o‘rin egallashiga hizmat qiladigan barkamol, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni pedagoglar tayyorlaydi. 

Qonuning 5-moddasida pedagogning kasbiy  faoliyatini yuritishga bir qator ko‘rinishlarda aralashish taqiqlangan. Jumladan, “pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish” taqiqlangan. Shu o‘rinda yaqin tariximizga nazar tashlasak. Mustaqillikdan oldingi davrda shakllangan va mustaqillik yillarida ham davom etgan o‘quvchi va talabalar, o‘qituvchi-pedagoglarning qishloq xo‘jalik ishlariga, xususan paxta yig‘im-terimiga  keng jalb etib kelindi. O‘qituvchilar yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ta’lim sifatiga javobgar emas, aksincha qishloq hujaligi yoki bo‘lmasam obodonlashtirish ishlarining sifatiga javobgar etib qo‘yildi.  Bu holat ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, belgilangan dars soatlarining to‘liq o‘tilmasligiga, o‘quv amaliyotlarning qisqarishiga sabab bo‘ldi. 2017-yilga kelib muxtaram Prezidendimiz Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan o‘quvchi va talabalarni hamda pedagog xodimlarni turli hil qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etish amaliyotiga qa’tiy chek qo‘yildi. Bugungi kunga kelib esa buning huquqiy asosi yaratilib, qonun himoyasiga olindi. Bundan tashqari pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlagnaligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish ham taqiqlandi. 

Ushbu qonun bilan pedagoglar huquqlari va majburiyatlari ham belgilandi. Bundan tashqari pedagogika etika qoidalari, pedagoglarni tayyorlash, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagoglarni attestatsiya va malaka toifalari, pedagogning mehnatiga haq to‘lash, pedagoglarni rag‘batlantirish bo‘yicha moddalar kiritilgan bo‘lib, ushbu moddalarda aniq masalalar o‘z ifodasini topgan. Qonunda pedagoglarni ijtimoiy himoyasiga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish deb nomlangan 14-moddasi quydagi so‘zlar bilan boshlanadi - “Ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi”. Shundan ham ko‘rish mumkinki, ushbu qonun halqchil bo‘lib, pedagoglarning faoliyatini tartibga solish, ularning qadr-qimmatini yuqoriga ko‘tarish hamda ijtimoiy himoyasi katta e’tibor qaratilgan. Ushbu qonunning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati ham shundaki, endilikda pedagogning sha’ni, qadir-qimmati davlat va qonun himoyasidadir. Bu o‘z navbatida pedagog kasbida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizga ulkan iftihor berish bilan birgan yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni mustaqil fikrga ega, vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis-kadrlar  bo‘lib yetishishlarida ulkan ma’suliyat ham yuklaydi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Xoshimov O‘tkirjon Qo‘shmirzayevich

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun ulkan iftixor va katta ma’suliyatdir