“Samarqand 2028” Xitoy sun’iy yo‘ldoshi may oyida fazoga uchirilishi kutilmoqda
Toshkentda o‘tkazilgan "Space Technology Conference 2026" xalqaro anjumanida Xitoyning StarVision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Samarqand 2028” sun’iy yo‘ldoshi joriy yilning may oyida fazoga uchirilishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
O‘tgan yili tomonlar sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.
Mazkur ikki tomonlama aloqalarning amaliy ifodasi sifatida Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga “Samarqand 2028” nomi berildi. Ushbu loyiha o‘zaro hamkorlik doirasidagi eng muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
N.Rahmonova, O‘zA