Pedagog xodimalar “Vazir kubogi” uchun bellashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning hududiy bahslarida saralangan 15 ta jamoa viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki ahillik, jamoaviylik va g‘alabaga intilish fazilatlarini namoyon etdi.
[gallery-29417]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Sho‘rchi tumanidagi 13-maktab jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Sherobod tumanidagi 11-maktab jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA