Oʻzbekiston iqtisodiyotida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati salmoqli oʻrin egallaydi.

Munosabat

Oʻzbekistonda mavjud tabiiy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, yuqori qoʻshilgan qiymat hosil qilish zanjirini shakllantirish, sanoatning eksport salohiyatini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Bu sanoatning yetakchi tarmoqlaridan biri – toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishda ham oʻz aksini topmoqda.

Oʻzbekiston iqtisodiyotida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati salmoqli oʻrin egallaydi. Bugungi kunda respublikamiz hududida toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 7 ming 500 ga yaqin xoʻjalik subyekti faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 825 tasi toʻqimachilik, 6750 tasi tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqaradi. Eksport faoliyatiga jalb etilgan korxonalar soni 950 dan oshadi, tashqi bozorlar ham koʻpaymoqda. 2020-yilda mamlakatimizda yetishtiriladigan paxta tolasini toʻliq qayta ishlash quvvatiga erishish moʻljallanmoqda. 2018-yilda 448,9 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni 754,3 ming tonnaga yetkazish maqsad qilingan.

Shu oʻrinda sohani tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari tahliliga eʼtibor qaratsak. Bu jarayonga Prezidentimizning 2017-yil 14-dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan dastlabki qadamlar qoʻyilgan edi. Farmon bilan Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoatini yana-da isloh qilishning muhim yoʻnalishlari belgilanib, 2017-2019 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi. Dasturda asosiy eʼtibor 2017-2019 yillarda paxta tolasi va ipak xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talabgor boʻladigan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratildi.

Keyingi bosqichda davlatimiz rahbarining 2019-yil 12-fevral va 16-sentyabrdagi qarorlari asosida tarmoqni tizimli rivojlantirish boʻyicha muhim chora-tadbirlar bajarildi.

2019-yilda qayta ishlash sektorida yaratilgan jami qoʻshilgan qiymatda toʻqimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi 13,4 foizga toʻgʻri keldi. Bu koʻrsatkich 2017-yilda 17,7 foizni, 2018-yilda 15,3 foizni tashkil etgan edi.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, ushbu sohaning yalpi qoʻshilgan qiymat hosil qilishdagi salmogʻi pasaymoqda. Bu toʻqimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi oʻsish surʼatlari jami sanoat ishlab chiqarish oʻsish surʼatlaridan birmuncha orqada qolayotganini bildiradi.

Maʼlumki, barcha mamlakatlar iqtisodiyotida koronavirus pendemiyasi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda. Xalqaro ekspertlarning xulosalariga koʻra, bu inqiroz oqibatlarini hali yetarlicha baholab boʻlmaydi, chunki bugungi jarayonlar yangi murakkab vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu vaziyat boshqa koʻplab tarmoqlar singari mamlakatimizning toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishi istiqbollariga ham xavf solish ehtimoli yoʻq emas.

Shularni hisobga olgan holda Prezidentimizning 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni asosida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq jahon iqtisodiy inqirozining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020-yil 1-aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi, import qilinadigan xomashyo va materiallar esa 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, 2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

Hujjatda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning mazkur tartibi bilan belgilangan soddalashtirilgan tartibi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida tovarlar eksporti amalga oshirilgan, shuningdek, eksport qilingan tovarlar boʻyicha 10 ming AQSH dollaridan koʻp miqdorda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda tatbiq etilishi koʻrsatilgan.

Farmonda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining xomashyolari, materiallari, tayyor mahsulotlari, shuningdek, ishlab chiqarish xodimlarini tashish va logistika masalalarini tezkor hal etish, ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari tannarxini pasaytirish hamda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi istiqbolli tashqi bozorlarni izlash, mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini ragʻbatlantirish, liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish kabi yoʻnalishlarda saʼy-harakatlarni yana-da jadallashtirish belgilab berildi.

2020-yil 1-sentyabrgacha jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan, ularni yirik hududiy toʻqimachilik-tikuvchilik klasterlari hududida joylashtirish boʻyicha 2021-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ahamiyatli jihati shundaki, yangi tikuvchilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi birliklarining har birida kamida mingta ish oʻrnini tashkil etish imkoniyati yaratilishi kerak. Bu, oʻz oʻrnida, joylarda aholini ish bilan taʼminlash masalalarini hal qilishga koʻmaklashadi.

Farmon bilan tarmoqni jadal rivojlantirish maqsadida institutsional tartib-taomillar oʻzgartirilmoqda. Jumladan, 2020-2025 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 300 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari mablagʻlari, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun ochilgan tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari qarz mablagʻlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtiriladi. Shuningdek, davlatimiz bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil boshidan 2021-2023 yillarda olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun yigʻim miqdori belgilab qoʻyildi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini ichki bozorda qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yilda davlat ulardan Mudofaa vazirligi, IIV va FVV muassasalari, kasalxonalar, bolalar bogʻchalari, qariyalar uylari uchun hamda davlat zaxirasi nomenklaturasi boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari komplektlarini sotib oladi.

Milliy sanoatning tarmoqlari texnologik ukladlarining darajasi, resurstalablik darajasi, ularning hududlarda joylashuvi xususiyatlari, sanoat korxonasini tashkil etish shart-sharoitlariga koʻra farq qiladi. Shu nuqtayi nazardan, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mehnat va resurs sigʻimi yuqori boʻlgan soha hisoblanadi. Mazkur farmonning ijrosi hududlarning mehnat va tabiiy xomashyo salohiyatidan yana-da samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Neʼmat XOLMATOV,
iqtisod fanlari nomzodi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi
Иқтисодиёт
13:26 / 20:05:2020