Vatanimiz tarixidagi 25 mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

710 yil (bundan 1315 yil oldin) – “Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlari”ga ko‘ra O‘t-tegin nomli turk yigiti bilan Dug‘dg‘uncha ismli sug‘d qizi o‘rtasidagi nikoh rasmiy jihatdan qayd qilingan shartnoma tuzildi. Ushbu hujjatning sanasi aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, sug‘d tarixi bo‘yicha 297 yil masvogich oyining asmanro’ kunida – milodiy 710 yil 25 mart seshanba kuni qayd etilgan. 

Hujjat “Qonunlar uyi”ning boshlig‘i Vaxgukon Varxuman o‘g‘li huzurida tuziladi. Bir qancha guvohlarning nomlari ham hujjat so‘nggida aks ettirilgan. Hujjatning muhim jihati shundaki, na kuyovning, na kelinning va na guvohlarning qaysi elat yoki dinga mansubligi qayd etilmaydi. Ular hech qanday istisno va to‘siqsiz, teng huquq va erkinliklargan ega bo‘lgan oilaviy munosabatlarga kirishganlar. 

Bu tarixiy-ilmiy manba VII–VIII asrlarda turklar bilan so‘g‘dlar o‘rtasidagi munosabatlar nihoyatda rivoj topganligi, So‘g‘dning siyosiy-ijtimoiy hayotida bu ikki xalq barobar o‘rin tutganligidan dalolat beradi.

1421 yil (bundan 604 yil oldin) – sultonzoda Ulug‘bek ko‘ragonning o‘g‘li – maxdumzoda Abdurahmon tug‘ildi. Tarixchi olim Turg‘un Fayziyevning qayd etishicha, Ulug‘bek Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li Ibodullo Mirzo bo‘lib, 1412 yilda tug‘ilib, 1417 yilda vafot etgan. Ikkinchi o‘g‘li Abdullo Mirzo esa 1420 yilda tug‘ilib, 1433 yilda 14 yoshida vafot etgan. Uchinchi o‘g‘li Abdurahmon Mirzo esa 1421 yilda tug‘ilgan. 

Tarixchi Mirxondning yozishicha, 1425 yilda mazkur Abdurahmon Mirzo o‘z otasi Ulug‘bek bilan Mo‘g‘uliston yurishidan qaytib kelayotgan chog‘ida uchrashgan. Ammo bu shahzoda ham yoshligida – 1432 yilda 12 yoshida Samarqandda vafot etgan. To‘rtinchi o‘g‘li Abdullatif Mirzo 1428 yilda beshinchi o‘g‘li Abdulaziz Mirzo esa 1430 yilda tug‘ilgan.

1445 yil (bundan 580 yil oldin) – temuriylar hukmdori Shohrux mirzo Hindistondan kelgan elchilarga o‘z sovg‘a-salomlarini topshirib, ularning Hindistonga qaytishlari uchun ruxsat berdi va yana o‘zi tarafidan Nasrulloh Janobadiyni Hindistonga elchi qilib yubordi. 

Bundan avval Shohrux mirzo 1442 yili Janubiy Hindistonga elchilik missiyasini yuborgan edi. Elchilik 1442 yilning 13 yanvarida Hirotdan yo‘lga chiqib, 1444 yilning 27 dekabrida Hiidiston safaridan u yerlik elchilar bilan Hirotga qaytib kelgan edi. 

1603 yil (bundan 422 yil oldin) – ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan Buxoro xoni Boqimuhammad temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim Badiuzzamon bosib olgan Qunduz shahrini uch oy qamal qilgach, yana qayta qo‘lga kiritdi. Boqimuhammad endilikda Xurosonda ham Buxoro xonligi hokimiyatini tiklash maqsadi yo‘lida harakat qila boshladi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston hukumati tomonidan bog‘ xo‘jaliklarini milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish) haqida dekret imzolandi. Qisqa fursatda birgina Toshkent uyezdi hududida katta-kichik 40 ta bog‘ xo‘jaliklari davlat ixtiyoriga tortib olindi. Bog‘ xo‘jaliklarining nafaqat yer-suvlari, balki asbob va ish qurollari, meva zaxiralari, chorva va parrandalari, jonli va jonsiz buyumlar hamda qurilgan binolari bilan davlat ixtiyoriga tortib olindi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Qiziltepada Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi vakillari tomonidan shartnoma imzolandi. Bu shartnoma tarixda Qiziltepa bitimi nomi bilan atalib, 9 banddan iborat. 

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy Shahrisabzda qo‘lga olindi va Qarshidagi zindonga tashlandi. Bir muddatdan so‘ng Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan zindon yaqinidagi “podsholik chorbog‘i”da o‘ldirildi. Behbudiyning vafoti sanasi haqida turli tahminlar mavjud. Behbudiyning qayerga dafn etilgani masalasi ham hamon mavhum qolmoqda.

Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti shu tarzda fojiali yakun topdi.

1929 yil (bundan 96 yil oldin) – O‘zbekiston Yangi alifbo markaziy qo‘mitasining qaroriga muvofiq badiiy adabiyotlardan tashqari barcha darslik va ilmiy-ommabop kitoblar butunlay yangi alifbo – lotin alifbosida bosila boshlandi.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Faradey Abutaliyev tavallud topdi (vafoti 2012 yil). U parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqqan.

1982 yil (bundan 43 yil oldin) – Navoiy viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida, Qizilqum cho‘lida joylashgan Uchquduq tumani tashkil etildi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni barpo etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – Asakadagi avtomobil zavodi konveyridan dastlabki avtomobillar chiqa boshladi. Ushbu kun mamlakatimiz tarixida avtomobil sanoati tug‘ilgan sana bo‘lib qoldi.

2004 yil (bundan 21 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida buyuk naqshbandiĭ pir Xoja Ahror Valiĭ asarlarining қŭлёзмалари manbalari ŭрgaнилди, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviĭ tadqiqotlar nashr etildi, Samarqand shahrida “Xoja Ahror Valiĭning Markaziĭ Osiyo tarixi va ma’naviyatida tutgan ŭрни” mavzusida respublika ilmiĭ-amaliĭ konferensiyasi ŭтказилди, allomaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiĭ-hujjatli film suratga olindi, Samarqand tumanidagi Xoja Ahror Valiĭ me’moriĭ majmuasini ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, bu yer yana қайtadan yurtimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biriga айлантирилди.

2010 yil (bundan 15 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2011 yil (bundan 14 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston katta to‘g‘onlar milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamenti tashkil tildi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va amalga oshirgan keskin choralari natijasi o‘laroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Mehnat departamenti O‘zbekiston paxtasini majburiy mehnat vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora ro‘yxati”dan chiqardi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, mustaqillikning dastlabki choragida paxta nomenklaturasiga munosabat biroz ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lsa-da, bu muammo to‘liq hal etilmay qolib ketgan edi.

Xususan, talaba va o‘quvchilarni sobiq SSSR davridagidek paxta terimiga safarbar etish davom etdi. 2007 yili O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanilayotgani sabab AQSH va G‘arb davlatlari mamlakatimizni paxta tolasi va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari xaridi borasida “qora ro‘yxat”ga kiritgan edi. O‘tmish tuzumdan meros qolgan bu illat shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakati bilan barham topdi. 

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta qulligidan qutulish: Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi sabab qariyb bir asrlik illatga barham berildi