Pavlovniya gullari Andijonga bahoriy chiroy ulashmoqda
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatida pavlovniya daraxtlari gullab, atrof-muhitga o‘ziga xos chiroy bag‘ishlamoqda. Bahor faslining go‘zal manzaralaridan biriga aylangan ushbu daraxtlar hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
[gallery-28504]
Mutaxassislar ta’kidlashicha, pavlovniya tez o‘sishi va manzarabopligi bilan ajralib turadi. Shu bois so‘nggi yillarda uni ekishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Gullagan pavlovniya daraxtlari nafaqat tabiat go‘zalligini namoyon etmoqda, balki aholi uchun ham bahoriy kayfiyat ulashmoqda.
Mumtozbegim ABDUMO‘MINOVA(surat),O‘zA