Patrik Vieyra Senegal terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Senegal futbol federatsiyasi (FSF) rahbarlarining bir qatori aynan Vieyrani milliy jamoa boshqaruvida ko‘rishni istamoqda.
«Arsenal» klubining sobiq afsonaviy yarim himoyachisi Patrik Vieyra Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda nufuzli L’Équipe nashri xabar tarqatdi.
Senegal futbol federatsiyasi (FSF) rahbarlarining bir qatori aynan Vieyrani milliy jamoa boshqaruvida ko‘rishni istamoqda. Ayni paytda terma jamoani Pap Tiav boshqarib bormoqda. Yaqin vaqt ichida federatsiya ijroiya qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishi o‘tkaziladi va unda jamoaning JCH-2026 musobaqasidagi ishtiroki tahlil qilinadi.
Patrik Vieyra avvalroq Senegaldagi eng yirik yoshlar futbol akademiyalaridan birini tashkil etishda homiylik qilgan edi. Fransiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Italiyaning «Jenoa» klubi bo‘lib turibdi.
JCH-2026 guruh bosqichida Senegal terma jamoasi Fransiya (1:3) va Norvegiyaga (2:3) imkoniyatni boy berib, Irokni (5:0) taslim etgan edi. Jamoa turnirning 1/16 final bosqichida Belgiya terma jamoasiga dramatik kechgan bahsda (2:3) mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi.