Makron Arsen Vengerni FIFA prezidentligiga nomzod bölişga köndirmoqçi
Fransiya rahbari Venger nomzodini ilgari suriş bilangina çeklanmay, boşqa davlatlar rahbarlarini ham uni qöllab-quvvatlaşga çaqirmoqçi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron FIFA rahbarligi uçun bölajak saylovlarda "Arsenal"ning sobiq boş murabbiyi Arsen Venger nomzodini qöllab-quvvatlaşga tayyor.
The Telegraph naşrining xabar berişiça, Makron 77 yoşli vatandoşi bilan boğlanib, uni amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarşi saylovda qatnaşişga undagan.
Fransiya rahbari Venger nomzodini ilgari suriş bilangina çeklanmay, boşqa davlatlar rahbarlarini ham uni qöllab-quvvatlaşga çaqirmoqçi. Biroq mutaxassisning saylovlarda iştirok etiş böyiça yakuniy qarori hozirça noma’lum.
Şu bilan birga, Makronning bu taşabbusi ayrim Afrika mamlakatlarida aks ta’sir körsatişi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Bunga Fransiya prezidenti va mazkur davlatlar örtasidagi munosabatlarning keskinlaşgani sabab sifatida körsatilgan.
Agar Venger FIFA prezidentligi uçun kuraşişdan boş tortsa, UEFA Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti Kozo Taşima nomzodini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda. Yaponiyalik futbol mutasaddisi ham saylovda iştirok etiş niyatini bildirgan.
Bundan taşqari, yana bir taniqli şaxs öz nomzodini ilgari surişi mumkinligi haqida xabarlar mavjud.
FIFA rahbarligi uçun kuraşmoqçi bölganlar orasida "Tottenhem"ning sobiq himoyaçisi Ramon Vega ham bor. Biroq uning nomzodi rasman röyxatga olinişi uçun zarur bölgan beşta milliy futbol federatsiyasining qöllab-quvvatlovini olgani hozirça noma’lum.
FIFA prezidentligi uçun navbatdagi saylov 2027-yil 18-mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadi.