“Parlament yo‘llari: Parlamentlararo ittifoqdagi ovoz yilnomalari, 2020-2023 yillar“ nomli kitob nashrdan chiqdi.

Akademik Akmal Saidov muallifligida tayyorlangan mazkur asar XXI asrda parlament diplomatiyasi rolining o‘sish jarayonlarini o‘rganish va hujjatlashtirishga qo‘shilgan muhim hissadir.

Kitob Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida keng tarqatilmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanning mamlakatimiz poytaxtida tashkil etilgani, bir tomondan, Parlamentlararo ittifoq tarixida yangi bosqich boshlanganidan, ikkinchi tomondan, O‘zbekistonning xalqaro parlament hamjamiyatidagi o‘rni tobora ortib borayotganidan dalolatdir.

Kitob 2020 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, unda global o‘zgarishlar davrida milliy parlamentlar duch kelayotgan muammolar va imkoniyatlar haqida hikoya qilinadi.

Bu kitob shunchaki xotiranoma yoki esdaliklar to‘plami emas, balki kitobxonlarga, xususan, Parlamentlararo ittifoqning global missiyasi negizidagi institutsional mexanizmlar va siyosiy tafakkurni tushunishga intilayotgan parlament a’zolari, olimlar, diplomatlar va taraqqiyot bo‘yicha mutaxassislar uchun muhim qo‘llanmadir.

Kitobning yakuniy qismida qabul qilingan qarorlar matni ilova etilgan va parlament tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida nechog‘lik yoritilishi ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorligi doirasidagi faoliyati solnomasi keltirilgan.

Kitob mazmun-mundarijasi bilan bog‘liq maqola va lavhalar Parlamentlararo ittifoq va O‘zbekiston parlamentining veb-saytlarida joylashtirilgan.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentlararo diplomatiya: global parlament muloqotida O‘zbekiston ovozi