Bugun, 8 sentyabr kuni XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi musobaqalari hamda yopilish tantanalari bo‘lib o‘tadi.
Kun davomida 4 ta sport turida 15 ta medallar jamlanmasi uchun bellashuvlar o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz para sportchilari para pauerlifting hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish dasturida kechadigan bahslarda ishtirok etadi.
Kecha yakunlangan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, o‘zbekistonlik para sportchilarning umumiy medallar soni 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 26 ta medalni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich tufayli hamyurtlarimiz 182 ta davlat orasida 13-o‘rinda bormoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA