«Prezident kubogi» Buxoro viloyati jamoasiga nasib etdi
Poytaxtimizdagi Gimnastikaga ixtisoslaştirilgan respublika bolalar va ösmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida “Gimnastika barça uçun” şiori ostida «Prezident kubogi» musobaqasining respublika bosqiçi bölib ötdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan 36 ta jamoa iştirok etdi.
Bellaşuvlar xotin-qizlar örtasida 10 yoşdan 44 yoşgaça hamda 45 yoş va undan katta iştirokçilar uçun belgilangan ikki yoş toifasida taşkil etildi.
Musobaqa davomida iştirokçilar özlarining jismoniy tayyorgarligi, harakatlar uyğunligi, çaqqonligi va jamoaviy mahoratini namoyiş etdi. Turli yoşdagi xotin-qizlarni birlaştirgan mazkur sport tadbiri soğlom raqobat va özaro hamjihatlik ruhida ötdi.
Hakamlar hayʼatining qaroriga köra, «Prezident kubogi» Buxoro viloyati jamoasiga nasib etdi. Ğolib va sovrindorlar taşkilotçilar tomonidan taʼsis etilgan diplom, kubok hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
[gallery-32520]
Taʼkidlaş joizki, bunday musobaqalar xotin-qizlar örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş, ularni muntazam jismoniy tarbiya va sport maşğulotlariga jalb etiş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, turli yoş toifalari vakillarining sportga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning jismoniy faolligini rağbatlantiriş va faol hayot tarzini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA