Shaffoflik va xalqaro standartlar

“O‘zmilliybank” AJ “Deloitte & Touche” xalqaro  auditorlik kompaniyasi tomonidan 2024 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi  mustaqil auditni  muvaffaqiyatli yakunladi. Audit yuqori darajadagi shaffoflik va moliyaviy  hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlikni  ko‘rsatdi. Bu yana bir bor bankning  ochiqlik  hamda mijozlar, hamkorlar va investorlar tomonidan ishonchni mustahkamlash tamoyillariga bo‘lgan sodiqligini ko‘rsatdi. 

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishi 

2024 yil “O‘zmilliybank” AJ uchun yangi marralar yili bo‘ldi. Sababi, biz loyihalarni moliyalashtiribgina qolmay, balki imkoniyatlar yaratamiz,  hududlarni rivojlantirib, O‘zbekiston kelajagini quramiz. 

2024 yil “O‘zmilliybank” uchun  barqaror o‘sish davri bo‘ldi, aktivlar o‘tgan yilga nisbatan 8.1 foizga, bankning kredit portfeli 8 foizga, kapitali esa 8.4 foizga o‘sdi. 

2025 yilga kelib, bank daromad bo‘yicha yetakchi bo‘lishi bilan birga (467,9 mlrd so‘m), raqamli texnologiyalar, jumladan aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishini soddalashtirish maqsadida yangi mobil ilovalarni ham faol joriy qilmoqda. 

Aktivlar va kreditlar

“S&P, Moody’s va Fitch Ratings” kabi xalqaro reyting agentliklari “O‘zmilliybank”ning barqaror reytingda ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bu bankning bir necha yillar davomida izchil moliyaviy barqarorligi va ishonchliligi hamda global investitsiyaviy hamjamiyatning  yuqori ishonchidan  dalolatdir. 

2024 yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi  “O‘zmilliybank”ning barqarorlik reytingini  «b» dan  «b+» darajasiga  ko‘tardi. «Fitch» agentligi tahliliy hisobotiga ko‘ra, bu bankning  biznes jarayonlarni kuchaytirishga va faoliyat yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan muvaffaqiyatli faoliyati samarasi bo‘ldi.  

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar

 2024 yilda bank umumiy qiymati 1,5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan  286  ta muhim  loyihani, 2025 yilning birinchi choragida esa 420 mln dollarlik yana 49 ta loyihani moliyalashtirdi. 

Tog‘-kon metallurgiya sanoati, quyosh elektr stansiyalari, Toshkent va Andijon aeroportlarini modernizatsiya qilish, telekommunikatsiyalar, farmatsevtika va to‘qimachilik sohalari  ustuvor  yo‘nalishlardan bo‘ldi. Toshkent xalqaro tibbiyot markazi, “Beldersoy”  dam olish zonasi qurilishi doirasida amalga  oshirilgan  «BELDERSOY RESORT» MCHJ loyihasi  kabi  loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. Loyiha  tashabbuskori tomonidan «Beldersoy oromgohi» dam olish maskanida maydoni 351 600 m2 bo‘lgan 110 o‘rin/kishiga mo‘ljallangan  zamonaviy  mehmonxona majmuasi,  45 ta villa, restoran,  bolalar o‘yingohi, vertolyot maydonchasini barpo qilish  rejalashtirilgan. 

G‘ovuq ko‘l  hududidagi 3,2 gektar maydonda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida «Sharq bozori» sayyohlik majmuasi  barpo etildi. Loyiha qiymati  215 mlrd so‘m bo‘lib,  «Gold Step Invest» MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning  hududida sayyohlarning yashashi va hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratilgan. 

«The Charvak Dorvaza» — tabiat qo‘ynida dam olishga  qaratilgan  loyiha bo‘lib, u  Toshkentdagi Chorvoq  ko‘li yonida turar-joylar, mehmonxonalar, ko‘ngilochar bog‘ va keng manzarali bog‘ni  o‘z ichiga oladi. Loyiha shahar hayoti va ajoyib tabiat manzarasining uyg‘unligini  taqdim etadi.  Ushbu loyiha O‘zbekistonning  sayyohlik jozibadorligi,  turizm bozori raqobatbardoshligini oshirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga  qaratilgan. 

«NEXT SOLAR ENERGY GROUP» MCHJ XK ning  Namangan viloyati Pop  tumanida 500 MVt quvvatli  quyosh foto-elektr stansiyasini qurish loyihasining umumiy qiymati 100 mln dollarga teng.  Loyihaning birinchi bosqichida 150 MVt quvvatga ega qismi foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga,  loyihaning ikkinchi  bosqichini ishga tushirish bilan bog‘liq  qurilish ishlari davom etmoqda. 

Prezidentimizning 2023  yil 16 fevraldagi PQ-59-sonli qarori ijrosi doirasida  “O‘zmilliybank” ko‘magida Xitoy davlat taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari uchun 1575 ta zamonaviy elektrobus va avtobuslar yetkazib berildi. Mazkur loyiha fuqarolar uchun transport xizmatlari  sifatini oshirish,  xizmat ko‘rsatish  sohasini rivojlantirish va  yangi  ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan  keng ko‘lamli chora-tadbirlarning muhim qismidir. 

Yil oxirigacha  respublikamizning boshqa hududlari uchun yana 467 ta elektrobus va avtobuslarni xarid qilish ko‘zda tutilgan. 

Dastur transportdan foydalanish darajasini oshirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilishga  qaratilgan. 

«Uzbekistan Airports»  AJ ning Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportini  rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati  30 mln. yevroga teng  loyihasi amalga oshirildi. 

«Unitel» MCHJ ning 391,3 mlrd. so‘mlik loyihasi  taqdim etilayotgan telekommunikatsiya  xizmatlari quvvati va sifatini  oshirishga qaratilgan. Loyiha   korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda respublikamiz telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik  qobiliyatini modernizatsiya qilishni davom ettirish  doirasida amalga oshirilmoqda. Buning natijasida qurilmaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshdi, bu esa, o‘z navbatida, aloqa va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini berdi. Kompaniya abonentlari soni respublikamiz bo‘yicha 8 million kishiga ko‘paydi. Bu taqdim etilayotgan xizmatlar qamrovi va samaradorligi oshganidan dalolatdir. Bu yutuq bozorda kompaniyaning o‘rnini mustahkamlashga hamda kelgusida biznesni  yanada kengaytirish uchun  qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga ham xizmat  qilmoqda. 

Dorixonalar tarmog‘ini  rivojlantirish va mahsulotlar turini kengaytirishga  qaratilgan umumiy  qiymati 55 mln. AQSH  dollariga teng «GRAND PHARM TRADE» MCHJ loyihasining maqsadi  xorijiy  kompaniyalardan dori vositalarini xarid qilish orqali aylanma  mablag‘larni  to‘ldirishdir. Korxona  keng turdagi  dori vositalarining ulgurji savdosiga ixtisoslashgan. Jalb qilingan  kredit mablag‘lari barqaror operatsion faoliyatni ta’minlash, shu jumladan mahsulotni xarid qilish, yetkazib beruvchi  oldidagi majburiyatlarni bajarish va  tovar aylanmasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Xususan, o‘tgan yili kompaniya dori vositalarini saqlash  uchun mo‘ljallangan  yangi logistika markazini  ochish bo‘yicha loyihani  muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ushbu sa’y-harakatlar  mahsulotlarni saqlash va  logistika  jarayonlarini tashkillashtirish ishini sezilarli darajada yaxshilab,  ish unumdorligi va  mijozlarga xizmat ko‘rsatish  sifatini oshirdi hamda biznesni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Bu o‘zgarishlar natijasida  import mahsulotlar yetkazib berish hajmi ortdi. Bu esa, o‘z navbatida, kompaniyaning bozordagi mavqeyini oshirishga va mahsulot turini kengaytirishga  xizmat qiladi. 

«TASHKENT INTERNATIONAL MEDICAL CENTER» MCHJning umumiy qiymati 47 mln. yevroga teng loyihasi Toshkent shahrida  zamonaviy tibbiy-onkologiya  markazini barpo etishga qaratilgan. TIMC tibbiyot markazini Turkiyaning «ACIBADEM Healthcare group» klinikasi negizi va boshqaruvida  tashkil etish rejalashtirilgan. Jarrohlik va intensiv terapiya xizmatlari, onkologiya, oilaviy tibbiyot va bepushtlikni davolash, ortopediya - asosiy yo‘nalishlar etib belgilangan. Tibbiyot markazi  2 ta korpus (asosiy va onkologiya korpusi) hamda avtoturargoh binosini o‘z ichiga oladi. 66 ta  palata va 242 o‘rinli shifoxonada bemorlar ambulator va  statsionar sharoitlarda davolanadi. Loyiha natijasida, yiliga 396 750 nafargacha bemorlarga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda, loyiha doirasida  ob’ekt qurilishining  ayrim bosqichlari moliyalashtirildi va tibbiy uskunalarni  xarid qilish ishlari qisman moliyalashtirildi. Loyiha shu yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston milliy banki xalqaro hamkorlikni faol kengaytirmoqda. Xususan,“Societe Generale”, “Natixis”, “Standard Chartered”, “Landesbank Baden-Württemberg”, OTB (Osiyo taraqqiyot banki) va Xitoy davlat taraqqiyot banki kabi tashkilotlar bilan kelishuvlar imzolangan. O‘tgan yil va 2025 yilning birinchi choragida  jalb qilingan mablag‘larning umumiy qiymati 1,5 mlrd dollardan oshdi. Ayniqsa, Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan 2 mlrd yuan kredit liniyasining ochilgani va  London fond birjasida 411 mln dollarlik obligatsiyalarning joylashtirilgani alohida ahamiyatga ega. Shundan 111 mln dollari o‘zbek so‘mida muomalaga chiqarildi. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy banki xalqaro qarz bozorida obligatsiyalarni milliy valyutada joylashtirgan mamlakatdagi birinchi bankka aylanib, moliya sektorida o‘zining novatorlik va yetakchilik mavqeyini mustahkamladi. 

Shuningdek, bank “Savdoga ko‘maklashish yashil dasturi” doirasida barqaror  moliyalashtirishni joriy qilganligi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mukofotiga sazovor bo‘ldi. 

“Standard Chartered Bank” va “Landesbank Baden-Württemberg” korporatsiyasi bilan “Standard Chartered Bank” va “Landesbank Baden-Württemberg” bilan Investitsiyalar kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA), ya’ni Jahon banki guruhiga a’zo bo‘lgan tashkilotning sug‘urta qoplamasi ostida sindikatlashtirilgan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha qarz shartnomasi tuzildi. Bunda “O‘zmilliybank” “MIGA” bilan kelishuvga erishgan O‘zbekistonning birinchi yirik moliyaviy institutiga aylanib, mamlakatdagi tijorat banklari orasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda yangi davrni boshlab berdi.

“O‘zmilliybank” yurtimizdagi moliya institutlari orasidan  birinchilardan bo‘lib Avstriyaning  rasmiy  eksport-kredit agentligi bo‘lgan Avstriya nazorat banki (OeKB) sug‘urta  qoplamasi ostida  Britaniyaning Standard Chartered Bank bilan kredit  shartnomasini tuzib, bu bilan o‘zbekistonlik importchilar va yevropalik hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga va iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga  hissa qo‘shdi.

Dunyodagi jarayonlarda faol ishtirok 

Bank moliyaviy institutlar jahon bozoridagi ishtirokini kengaytirish doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqishni aniqlash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazdi. Xususan, O‘mon Sultonligi, Qatar, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy institutlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ushbu moliyaviy institutlar O‘zbekiston Respublikasida biznesni rivojlantirish va moliyalashtirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi.

Ipoteka krediti sohasidagi o‘sish 

Bank ipoteka bozorida faol ish olib borib, 2018 yildan bugungi kunga qadar umumiy qiymati 11 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan 49 mingdan ziyod ipoteka kreditlarini berdi. Jumladan, 2024 yilda qariyb 3 trln so‘mlik 8 mingdan ziyod ipoteka krediti berilib, mamlakat bo‘ylab minglab oilalar uchun sharoit yaratildi. Shu bilan birga, bank portfelida ipoteka segmentining ulushi ortib, 12 trln so‘mdan ziyodni tashkil etdi. 2024 va 2025 yillarda bank o‘z oldiga ipoteka segmentini faol rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida qo‘ydi. Bu chora-tadbirlar bankning pozitsiyasini mustahkamlash va mijozlar bazasini kengaytirish imkonini berdi.

Endi bank xizmatlari yanada qulay 

2024 yil va 2025 yil boshlarida bank tomonidan umumiy qiymati 6,4 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan 217 mingdan ziyod kreditlar berildi. Ayniqsa, 3,17 trln so‘mlik 151 mingdan ortiq mikrokredit, shu jumladan “Milliy” ilovasi orqali 55 mingta mikrokredit onlayn berildi. Shuningdek, deyarli 20 ming avtokredit (2,34 trln so‘m), 18 mingta ta’lim krediti (184,3 mlrd so‘m), 1 517 ta quyosh panellarini o‘rnatish uchun kredit va 20 mingdan ortiq boshqa ehtiyojlar uchun kreditlar taqdim etildi. Bundan tashqari, bank tomonidan yangi maosh loyihalari jalb qilindi, bankning bir qator filiallari dam olish kunlari ham ishlashini ta’minlash uchun choralar ko‘rildi. Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab aholiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida dam olish kunlari ham ishlaydigan 19 ta bank filiali faoliyat yuritmoqda. 

Bankning yangi mahsuloti 

Bank oltinga investitsiyalar kiritishga mo‘ljallangan maxsus bank hisob raqami — “Oltin depozit” xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bunda mijoz  depozitga mablag‘ kiritib, evaziga qimmatbaho metall sotib oladi. Investitsiya qiymati grammda hisoblanadi.

Bu valyuta jamg‘armalariga ishonchli muqobil izlayotganlar, uzoq muddatli jamg‘armalarni rejalashtirayotganlar, oltinga katta xarajatlarsiz sarmoya kiritishni istaganlar yoki foiz stavkalaridan mustaqil bo‘lgan investitsiyalarni afzal ko‘ruvchilar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. 

Kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 

Milliy bank aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha davlat dasturlarida faol ishtirok etib, kichik biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu tashabbuslar doirasida bank “o‘zini o‘zi band qilgan shaxs → yakka tartibdagi tadbirkor → kichik biznes → o‘rta biznes” zanjiriga tayangan holda aholining o‘z bandligini ta’minlash va ularga mikromoliyalashtirish vositalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan maxsus dastur va moliyaviy mahsulotlar ishlab chiqdi. 

Xususan, «Biznesga birinchi qadam» dasturi doirasida jami 137 mlrd so‘mlik 17 mingta mikroqarz berildi. 

“O‘zmilliybank” o‘z mijozlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borib, ularning o‘zini o‘zi band qilganlar toifasidan kichik biznes sub’ektlari toifasiga o‘tishiga ko‘maklashmoqda. Dastur asosida 2,5 ming nafar mijoz umumiy hisobda 280 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan kreditlar oldi. Bu boradagi ishlar mahallalarda olib borilib, xonadonlarda kichik loyihalar amalga oshirilishi natijasida xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalari rivojlanmoqda. 

Yashil energetikaga — ustuvor e’tibor 

Yashil energetika sohasida loyihalarni moliyalashtirish “O‘zmilliybank” faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bank turar-joylar va korxonalarda quyosh panellari o‘rnatilishini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. “Yashil energetika” dasturi doirasida so‘nggi ikki yil ichida quyosh panellari va elektr energiyasi tizimlarini joriy etish loyihalariga 190 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Moliyalashtirilgan ob’ektlarning umumiy quvvati 32 megavattni tashkil etdi. 

2025 yilga dadil qadamlar bilan 

“O‘zmilliybank “2024 yilni katta natijalar bilan yakunladi. Ular bizning strategik izchillik, innovatsiyalarga intilish hamda jamiyat va mamlakat iqtisodiyoti oldidagi ulkan mas’uliyatimiz ifodasi bo‘ldi. O‘tgan yil bank uchun xalqaro ochiqlik, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanishga asoslangan yangi korporativ madaniyatni shakllantirishda muhim bosqichga aylandi.

Aktivlar va kapital o‘sishidan tortib yirik investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlar  nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki bizning faoliyatimizning yuqori ijtimoiy ahamiyatini ham namoyon etdi. Biz xalqaro hamkorlikning yangi qirralarini ochdik, global kapital bozorlariga chiqdik, minglab mijozlarni zamonaviy moliyaviy yechimlar bilan ta’minlab, ishonchli, ilg‘or va mas’uliyatli bank sifatidagi maqomimizni tasdiqladik.

2025 yilni o‘z kuchimizga qat’iy ishonch va istiqboldagi vazifalarni aniq anglagan holda qarshi oldik. Bu yil biz uchun yangi imkoniyatlar va hamkorlik, ilg‘or tashabbuslar yili bo‘lishiga ishonamiz va mamlakatimiz barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda davom etamiz. Mijozlar, xodim va hamkorlar e’tibor markazimizda qoladi. Zero, ularning har birini qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz kuchli va taraqqiy etgan O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. 

Har bir yangi loyiha bilan biz nafaqat bankning o‘rnini mustahkamlaymiz, balki ishonchni shakllantirib, rivojlanishga undaymiz, barqaror kelajak uchun poydevor yaratamiz. “O‘zmilliybank” yangi rivojlanish rejalari, yanada kattaroq mas’uliyat va yangi imkoniyatlar bilan 2025 yilga qadam qo‘ymoqda.

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: 2024 yil sarhisobi va 2025 yildagi dadil qadamlar