Huquqiy munosabat

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish borasida keng-ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida bu amaliyot o‘z samarasini bermoqda. Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov batafsil tushuntirish berdi.    

–Prezidentimizning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2024 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga ajratiladi.  

Jumladan, 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilgani hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 million so‘mgacha revolver asosida beriladi.  

Ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida, xususan, parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona foydalanishi uchun, yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 million so‘mgacha garovsiz hamda 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha garovsiz ajratiladi.  

Bunda chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar tuman (shahar) veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini sotib olishga, aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.  

Mahallaga biriktirilgan bank va hokim yordamchisi mahalladagi kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan oilaviy tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi uchun teng manfaatdor va javobgar bo‘ladi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zini o‘zi band qilganlar 100 million so‘mgacha kredit olishlari mumkin