Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ushbu tashkilot tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Unda aytib o‘tilishicha, 2024 yil 1-yarim yilligida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan uglevodorod konlarini samarali va maqsadli ishlatish, ularda tabiiy gaz va suyuq uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni oshirish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilgan.   

Shuningdek, mavjud quduqlarning bir maromda ishlatilishini ta’minlash hamda yangi konlar ochish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish borasida ham samarali ishlar qilingan.   

– Deylik, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida uglevodorodlarni qazib chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida 43 ta quduq burg‘ilandi. Ustyurt hududida chuqur yura qatlamlarining gazga istiqbolliligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston tarixida ilk bor chuqurligi 5500-6500 metr bo‘lgan «Quyi Surgil» konidagi 11-sonli, «Sarijol» konidagi 1-sonli va «G‘arbiy Quyi Surgil» konidagi 1P-sonli quduqlarda burg‘ilash ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda, – dedi M.Ibodov.

O‘z navbatida, 40 ta ta quduqda kapital ta’mirlash va 20 ta texnologik chora-tadbir bajarildi. Jumladan, «Sho‘rtan» konida Xitoyning «Jereh» kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda 5 ta kichik kompressor stansiyasi ishga tushirildi. Konlarda 4 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib foydalanishga topshirildi.Tabiiy gaz uzatish barqarorligini ta’minlash uchun gaz transport tizimida 56,4 km. gaz quvuri qurildi.   

Tadbirda axborot xizmati rahbari ishlab chiqarish tahliliga ham urg‘u berdi. Unga ko‘ra, 846,7 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlanib, 525,9 ming tonna avtobenzin, 307,6 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan. «GTL» dizel yonilg‘isi 184,3 ming tonna, 98,3 ming tonna aviakerosin va shundan «GTL» kerosini 50,9 ming tonna va «GTL» nafta 121,5 ming tonnadir.   

Ta’kidlanganidek, joriy yil yanvar-iyun oylarida 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, prognoz 109,7 foizga bajarilgan.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekneftgaz»AJ : suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 109,7 foizga bajarildi