Gender tenglikka erishish yo‘lida har qanday mamlakatda uzoq muddatli barqarorlik va siyosiy qat’iyatni ta’minlashi mumkin bo‘lgan mexanizmlar alohida rol o‘ynaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi mintaqasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy forum doirasida Jenevada o‘tkazilgan tadbir Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Mazkur shaharning Millatlar saroyida tashkil etilgan davra suhbati "Harakat fursati: gender tenglikka erishish uchun inklyuziv, dalillarga asoslangan va o‘zgarishlarga qaratilgan yechimlar" mavzusida bo‘lib o‘tdi.   

Unda gender tenglik sohasidagi asosiy muammolar va yechimlarni muhokama qilish uchun yetakchi mutaxassislar, siyosatchi va xalqaro tashkilotlar vakillari jamlandi, deyiladi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ma’lumotida.   

Tadbirning siyosatni shakllantirishda gender ma’lumotlaridan foydalanishga bag‘ishlangan birinchi yig‘ilishi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari D.Murodova ayollar huquqlarini monitoring qilish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy integratsiyasi bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi.   

D.Murodova gender siyosatini amalga oshirishda kompleks yondashuvning ahamiyati, ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilik va institutsional islohotlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.   

Bundan tashqari, muhokamalarda Armaniston, Albaniya, Ispaniya, Avstriya, Moldova kabi davlatlar, shuningdek, “BMT-Ayollar” va YUNFPA xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Munozaralar asnosida ilg‘or tajribalar almashinib, gender tenglik sohasidagi dolzarb muammolar atroflicha tahlil etildi.  

Tadbir doirasida O‘zbekistonda tasvirga olingan va davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlangan xotin-qizlarning hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. Bu gender tenglikka erishish bo‘yicha eng maqbul amaliyotlarni targ‘ib qilishga qaratilgan «Unstoppable» («To‘xtatib bo‘lmaydigan») global kampaniyasining o‘ziga xos uzviy bir qismi bo‘ldi.   

Ishtirokchilar xotin-qizlarning huquqlari va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni kelgusida izchil davom ettirishga hamda o‘zaro tajriba almashishga tayyorligini bildirdilar.   

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) 1947 yilda tashkil etilgan. BMT YeIK tarkibiga Yevropa, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyodagi 56 ta a’zo davlat kiradi.   

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi tajribasi Jenevada taqdim etildi