Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida bugungi kundagi turizm oqimi ijobiy dinamikaga ega bo‘lsa-da, o‘sish suratlarini yanada ko‘tarish va sohada yaratilgan imkoniyatlardan kengroq foydalanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Mamlakatimiz turizm salohiyatini fransuz ishbilarmon doiralari, jumladan, turistik kompaniyalari orasida keng targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.

Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev boshchiligidagi delegatsiya Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan «IFTM-Top Resa» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida mamlakatimiz turizm salohiyati taqdim etildi, deyiladi Turizm qo‘mitasi ma’lumotida.

Tadbirda O‘zbekiston va Fransiya turistik kompaniyalari o‘rtasida bir qator B2B muzokaralar o‘tkazilib, yangi va kreativ turpaketlarni yaratishda  ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Yevropadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida turistik kompaniyalar, inflyuenserlar, investor va ishbilarmonlar bilan yaqindan hamkorlikka taklif etildi.

Shuningdek, «Samarqand – sivilizatsiya chorrahasi» targ‘ibot kampaniyasi doirasida ushbu qadimiy shaharning insoniyat ravnaqi uchun qo‘shgan ulkan hissasi, uning moddiy va madaniy merosi hamda turistik salohiyati alohida yoritilib, videoroliklar namoyish etilgan.

O‘zbekistonning bu yilgi ko‘rgazma doirasida uyushtirgan tadbirlari va targ‘ibot kampaniyasi haqida fikr bildirar ekan: «Oxirgi yillar Yevropa sayyohlari orasida mamlakatingiz turizm salohiyatiga qiziqish ortib bormoqda. Aminmanki, Fransiyada bu sohada eng yirik hisoblangan IFTM-Top Resa o‘zaro biznes aloqalarini kengaytirish, O‘zbekistonga turistlar oqimini ko‘paytirish borasida yirik imkoniyatlar yaratadi. Biz  davlatingizdagi turizm maskanlarini fransuz tilida  keng tashviqot qilishga ko‘mak berishda sobitqadam», dedi IFTM-Top Resa xalqaro ko‘rgazmasining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Mari Gvenel.

«O‘zbekistonda tadbirlarni tashkil qilishni yo‘lga qo‘ygan mutaxassis sifatida mamlakatingizda MICE-turizmning cheksiz salohiyati borligiga qattiq ishonaman. Birgina tarixiy misol – 2025 yil YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasini Samarqandda o‘tkazish O‘zbekistonni nafaqat mintaqada, balki global darajada MICE-turizm yangi markazi sifatida shakllanishi uchun qudratli instrument hisoblanadi», deya ta’kidlagan yevropalik sayyoh operatorlaridan biri «Step-In» kompaniyasi rahbari Frederik Roman-Xuderoy.

Taqdimotda «Bahor» ansambli san’at ustalari tomonidan madaniy dastur tashkil qilinib, milliy cholg‘u asboblarida kuylar, Farg‘ona, Buxoro va Xorazm raqslari qo‘yildi. Bundan tashqari, mamlakatimizning gastronomik salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgani qayd etiladi.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning turizm salohiyati Fransiyada keng targ‘ib qilinmoqda