Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning rapid, standart va blits yo‘nalishlarida o‘tgan Osiyo chempionati yana bir karra O‘zbek shaxmatining salohiyatni namoyish etdi.
16 ta davlatning 675 nafar shaxmatchi yoshlari qatnashgan murosasiz bahslarning barcha yo‘nalishlarida hamyurtlarimiz turli yosh toifalarida yuqori o‘rinlarni egalladi.


Chempionatning rapid yo‘nalishida 1 tadan kumush va bronza, standart bahslarda 1 ta oltin, 3 ta kumush hamda kuni kecha poyoniga yetgan blits musobaqalarida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallariga egalik qildi.
Blits bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan Mohinur Azamxo‘jayeva oltin, Kamol Mirzaqulov, Abdumajid Botiraliyev, Tohir Ne’matov kumush va Shohjahon Siddiqov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatda umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 2 ta bronza, jami 11 ta medal bilan vatanimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirdi.
Ushbu natijalar yosh shaxmatchilarimizning fidoyiligi, mehnatsevarligi va murabbiylarning samarali samarali mehnati natijasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qit’a chempionatida yurtimizning 15 nafar yosh shaxmatchilari o‘z yosh toifalarida dona surdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA