O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda navbatdagi malaka oshirishga qaratilgan safar tashkil etildi.
Bir guruh tuman va shahar hokimlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal hududiga tashrif buyurdi.
Maqsad – Germaniyada davlat fuqarolik xizmati, jumladan, mahalliy boshqaruv tizimi bilan tanishish, investitsiyalarni jalb qilish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, kommunikatsiya va qurilish sohalarida o‘zaro tajriba almashish.
Safarning ilk kunida delegatsiya a’zolari Xanns Zaydel jamg‘armasining Bosh kotibi Oliver Yorg, Myunxen tumani hokimi Kristofer Gobel hamda Yuqori Bavariya Savdo-sanoat palatasining Xalqaro, sanoat va innovatsiya masalalari bo‘limining Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul xodimi, doktor Yutta Albrext xonim bilan uchrashdi.
Malaka va tajriba almashishga qaratilgan xizmat safari davom etmoqda.
N.Abduraimova,
O‘zA