“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi mahalliy vakillik va ijroiya organlari faoliyati hamda mahalliy boshqaruv bo‘yicha ilg‘or nemis tajribasini o‘rganish maqsadida Germaniya Federativ Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Jumladan, Berlin shahri ijroiya hokimiyati – Berlin federal yeri Senatida ichki ishlar va sport vaziri Iris Shpranger bilan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi matbuot xizmati.

Muhokamalar davomida germaniyalik hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat boshqaruvini demokratik tamoyillar asosida takomillashtirish hamda mahalliy vakillik va ijroiya organlari rolini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuqori baholandi.

Shuningdek, GFRdagi mahalliy hokimiyat, ijroiya va vakillik organlarining faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, bir-birini tiyib turish mexanizmlari hamda siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlaridagi o‘rni yuzasidan nemis tajribasi haqida ma’lumot berildi.

Xususan, I.Shpranger Germaniyaning mahalliy vakillik hokimiyati tizimi haqida to‘xtalib, Berlin federal yeri mahalliy vakillik organi sifatida 12 ta ma’muriy-hududiy tuzilmalar – tumanlardan iborat ekani hamda mazkur tumanlarda ijroiya hokimiyati bilan birga mahalliy kengashlar – parlamentlar mavjudligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, qonunchilikka muvofiq mahalliy ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining sohalar bo‘yicha vakolatlari chegarasi aniq belgilanganini bildirdi.  

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy vakillik organlari hamda mahalliy boshqaruv bo‘yicha Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda