O‘zbekistonlik o‘quvchi AQSH universitetiga grant asosida qabul qilindi
O‘zbekistonlik o‘quvchi Maqsadbek Fayzullayev AQSHdagi Nyu-York universitetining Xitoyda joylashgan Shanxay filialida tahsil olish uchun 236 ming AQSH dollarilik grantni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, Nyu-York universiteti dunyo bo‘yicha tan olingan Times Higher Education reytingida 26-o‘rinda qayd etilgan.
Maqsadbek Fayzullayev - Namangan viloyati, Chortoq shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
U TOP-300 talikka kiradigan 27 xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilinib, umumiy hisobda 1 million dollardan ortiq grant yutgan kiberfutbolning ilk o‘zbekcha variantini yaratish loyihasi muallifi hamdir.
Maqsadbek bir necha bor matematika fani olimpiadasi sovrindori, 2017 yilda “Matematika fanidan yilning eng yaxshi bilimdon o‘quvchisi” bo‘lgan, Prezident maktabi Humo oilasi sardori.
O‘zA