O‘zbekiston yoshlarini har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, islohotlarga befarq bo‘lmagan, maqsadga intiluvchan, vatanparvar, komil shaxslar sifatida tarbiyalash davlatimiz rahbari e’tiboridagi dolzarb masalalardan.

Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammaddiyor Olimjonov butun O‘zbekiston yoshlari uchun yangi yo‘l ochdi. U AQSHning “Williams College” oliygohiga 100 foizlik (282 ming AQSH dollari) grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Alohida qayd etish lozimki, bu Muhammaddiyorning ikkinchi shunday granti.  

“Williams” universiteti – ilmiy va akademik yutuqlari bilan mashhur bo‘lib, eng ilg‘or ta’lim tizimiga ega muassasalardan biri sanaladi. Oliygoh U.S. News & World Report nashri reytinglariga ko‘ra, eng yaxshi qiymatga ega oliygohlar ichida 1-o‘rin, eng yaxshi bakalavr ta’limi bo‘yicha 7-o‘rin, ilmiy tadqiqotlar va ijodiy loyihalar bo‘yicha 18-o‘rin, eng innovatsion oliygohlar qatorida 33-o‘rinda qayd etilgan.

"Men orzu qilishdan va orzularim haqida kimgadur to‘lqinlanib so‘zlab berishdan tortinmayman", deydi qahramonimiz.  

Quyidagi videohavola orqali Muhammaddiyorning kelgusidagi rejalari, orzulari haqida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qBwuxQcpZzM" title="AQSHning eng nufuzli universitetiga yuz foizlik grantni qoʻlga kiritgan Muhammaddiyor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning eng nufuzli universitetiga yuz foizlik grantni qo‘lga kiritgan Muhammaddiyor (+video)