O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlar soni 580 mingdan oshdi
O‘zbekistonda tadbirkorlik va biznes muhiti faol o‘sishda davom etmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 580,9 mingtani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,2 mingtaga yoki 7,4 foizga oshgan.
Bu o‘sishni xususiy sektor faolligining ortishi va yangi biznes sub’ektlari tashkil etilayotgani bilan izohlash mumkin.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha yetakchilikni Toshkent shahri saqlab qolmoqda — 110 815 ta.
Keyingi o‘rinlarda:
Toshkent viloyati — 54 874 ta
Samarqand viloyati — 53 724 ta
Farg‘ona viloyati — 49 410 ta
Qashqadaryo viloyati — 44 492 ta
Andijon viloyati — 35 605 ta
Buxoro viloyati — 35 223 ta
Namangan viloyati — 34 035 ta
Xorazm viloyati — 32 895 ta
Surxondaryo viloyati — 32 320 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 29 682 ta
Jizzax viloyati — 26 916 ta
Navoiy viloyati — 24 351 ta
Sirdaryo viloyati — 16 509 ta
Mamlakat hududlarida tadbirkorlik sub’ektlari sonining ortishi iqtisodiy faollik va ishbilarmonlik muhitining kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Hamroz Bayonov,
O‘zA