Özbekistonda YTH: 5 mingdan ortiq jabrlanganlar, sabab – eʼtiborsizlik
Yöllardagi bir lahzalik xato minglab hayotlarni özgartirmoqda. Özbekistonda avtohalokatlar soni ortib, bu muammo butun jamiyatdan masʼuliyat talab qilmoqda.
Yölda yurgan yölovçilarning manzili turli bölar, ammo maqsad bitta: soğ-salomat yetib boriş. Afsuski, yöl har doim ham kutilgan manzilga olib bormaydi. Baʼzan bir lahzalik eʼtiborsizlik, bir neça soniyalik şoşqaloqlik yoki notöğri qabul qilingan qaror butun bir oilaning hayotini zulmatga burkab qöyişi mumkin.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 3 ming 391 ta yöl-transport hodisasi qayd etilgan. YTHlar oqibatida 5 ming 581 nafar kişi jabr körgan. Eng köp yöl-transport hodisasi Samarqand viloyatida — 471 ta, eng kami esa Sirdaryo viloyatida — 77 ta qayd etilgan.
Sodir bölgan yöl-transport hodisalari sabablariga köra, köpinça haydovçining tezlikni oşirişi, qoidalarga rioya qilmasligi yoki eʼtiborsizligi birinçi öringa çiqadi. Bu bejiz emas. Çunki avtomobil boşqaruvidagi insonning har bir qarori va xatti-harakati nafaqat öz hayoti, balki yöldagi boşqa odamlar taqdiriga ham taʼsir qiladi. Belgilangan tezlik meʼyorini mensimaslik, xavfli quvib ötiş, masofa saqlamaslik, yöl çiroqning taqiqlovçi işorasiga böysunmaslik, telefonga çalğiş — bularning har biri oğir oqibatlarga sabab bölişi mumkin. Ayniqsa, avtomobil boşqaruvida telefondan foydalaniş haydovçining diqqatini bir neça soniyaga yöldan uzadi. Ammo ana şu soniyaning özi piyodani körmay qoliş yoki oldindagi transport vositasiga uriliş uçun yetarli bölişi mumkin.
Yöl madaniyati inson hayotiga bölgan munosabat, aslida. Bugun mamlakatimizda yöl harakati xavfsizligi çoralarini kuçaytiriş maqsadida amalga oşirilayotgan çoralar talaygina. Ammo avtohalokatlarni kamaytiriş uçun faqat yangi qoidalar, jarimalar yoki texnik vositalarning özi kifoya qilmaydi. Haydovçi, piyoda, yölni loyihalovçi mutaxassis, nazorat organi va tibbiyot xodimi — har bir böğin öz vazifasini masʼuliyat bilan bajarişi kerak.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA