Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz

Yaqin tarix yoxud pillikli moy chiroq

Energetika sohasi haqida so‘z yuritishdan avval 2010 yillar hududlardagi holatni esga olaylik. Bu davrda ta’minot butunlay yomon ahvolga tushgan, qishloq aholisi deyarli “svetsiz” qolgan  va uyini pillikli moy chiroqда yoritishga ko‘nika boshlagan edi... 

2017 yildan boshlab  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev barcha tizimlar qatorida energetikaga alohida e’tibor qaratdi va sohada jiddiy islohotlar boshlandi. Tarmoqni rivojlantirish va huquqiy bazani mustahkamlash maqsadida 6 ta O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 48 ta Prezident farmon va qarori hamda 45 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ularning ijrosi bosqichma-bosqich ta’minlandi. Bu ishlar natijasida esa xonadonlarda elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanib, qisqa muddatda uzilishlarga barham berildi. Vaqt o‘tib, qishloq aholisi “svetsiz” qolgan kunlarini ham unutishdi va ularning hayot tarzi yaxshilanib bordi.

Yurtimizdagi islohotlar shaharlarimiz va qishloqlarimizni obod qilib, odamlarimiz ehtiyojlarini ham shunga yarasha oshirib boraverdi. Qisqa muddatda energetika sohasidagi tub islohotlar o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. 

Shunday qilib, tizimda amalga oshirilgan islohotlarni raqamlarda ko‘radigan bo‘lsak, 2017 – 2023 yillarda 8 192 MVt yangi quvvatlar yaratildi. 1991 – 2016 yillarda esa 3 300 MVt quvvat ishga tushirilgan edi.

2017 – 2023 yillarda 79 ming 675 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilangan bo‘lsa, 1991 – 2016 yillarda yangilangan elektr uzatish tarmoqlari  9 300 kilometrni tashkil etgan. 2017 – 2023 yillar davomida 25 ming 514 ta transformator punkti yangilandi. 1991 – 2016 yillarda bu ko‘rsatkich 4 800 ta bo‘lgan.  

Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2023 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 19 milliard kilovatt soat yoki 32,2 foiz ko‘pni tashkil etdi. 2023 yil iste’molchilarga 2016 yildagiga nisbatan 20,4 milliard kilovatt soat yoki 44,6 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.

Albatta, energetika tizimidagi islohotlar nafaqat aholi hayotida, balki iqtisodiy tarmoqlar ravnaqida ham muhim omil bo‘ldi.

“Yashil” energetikani rivojlantirish sari dadil qadam

Mamlakatimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish asosan tabiiy gaz hissasiga to‘g‘ri keladi. Lekin ushbu manba ham tuganmas emas. Shu sababli, Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hayotga tatbiq etish chora-tadbirlari ko‘rila boshlandi. Bunda O‘zbekistonning  geografik joylashuvi jihatidan juda keng salohiyatga ega ekani ham aynan “yashil” loyihalarni tatbiq etishda qo‘l keldi.

Ochig‘ini aytish kerakki, bundan 10 yil oldin aksariyat aholi “yashil energiya”, quyosh va shamol elektr stansiyalari haqida ma’lumotga ega emas edi. Ular faqat mutaxassislarga xos tushunchalar edi xolos. Bugun esa yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish natijasida xalqimiz “yashil” energetikani rivojlantirish borliq uchun foydali ekanini anglab yetmoqda.

Energetika vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, keyingi 5-6 yil ichida umumiy quvvati 18 ming 500 megavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 35 ta bitim imzolangan. Ushbu loyihalarning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26 ta qaror imzolanganini alohida qayd etish zarur. 

Jumladan, ayni kunlarda umumiy quvvati 1700 megavattga teng bo‘lgan 7 ta quyosh fotoelektr, umumiy quvvati 900 megavattga teng bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyasi loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 19,32 milliard AQSH dollaridan ziyodni tashkil etadi. Ahamiyatlisi, ularning barchasi xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga tatbiq etilayotir.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ta’kidlaganidek, aynan ushbu tizimda eng ko‘p xorijiy investitsiyalar kiritilmoqda va eng ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilmoqda. 

–Bu xorijiy investorlarning O‘zbekistonga, Prezidentimiz olib borayotgan siyosatga katta ishonchidir. Chunki har bir loyiha 20-25 yilga mo‘ljallangan majburiyatlar bilan imzolanadi.  Bugun mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq etish ishlari jadal olib borilmoqda. Quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, yurtimizda 200 megavattli shamol elektr stansiyasi umumtarmoqqa elektr energiyasini uzatmoqda. Bu ham O‘zbekistonda “yashil” energetika tarmog‘idagi yutuqlardan darak beradi, – deya qayd etdi vazir.

Mamlakatimiz barcha iqtisodiy va sanoat korxonalari rivoji ushbu tarmoq bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda ana shunday mas’uliyat tufayli energetika tizimi shiddat bilan rivojlanmoqda.

Islohotlar natijasi: 2 milliard kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqarildi

Xalqimiz farovon hayotini ta’minlash yo‘lida boshlangan har qanday ezgu ishlar xayrli bo‘ladi. Buni aynan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi manbalarni tatbiq etish ishlarida ham ko‘rish mumkin. 

2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida O‘zbekistondagi ilk 100 megavatt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. 2022 yilning may oyida esa Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ikkinchi 100 megavatt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyat boshlagan edi.

–Albatta, bunday yangilik bizni quvontirdi, – dedi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov. – Negaki, bu islohotlar samarasi va kelgusida bu kabi yuzlab loyihalarni amalga oshirish uchun katta qadam bo‘ldi. Odamlarning yaxshi yashashi uchun eng zarur manbalardan biri – barqaror energiya resursi. So‘nggi yillarda aholining energiyaga bo‘lgan mavsumiy ehtiyoji keskin oshishi sababli barcha og‘irlik elektr tarmoqlariga tushmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish esa ana shunday muammolarda “yashil” yechim hisoblanadi. Bu o‘zgarishlar davomi ularoq, 2021 yilda O‘zbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu amaliyot bugungi kunda o‘zining foydali jihatlarini namoyon etib bormoqda.

Shu tariqa birin-ketin “yashil” stansiyalar bo‘y ko‘rsata boshladi. Bugungi kunda 7 ta viloyatda umumiy quvvati 2,5 gigavattli  9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi “yashil energiya” ishlab chiqarmoqda. 2024 yil 16 iyul kuni soat 18:20 holatiga ko‘ra, mamlakatimizdagi 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 2 milliard kVt⋅soatni tashkil qildi.

Sarhisobga ko‘ra, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 1 milliard 783,3 million kilovatt soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 216,7 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Xo‘sh, bu stansiyalar faoliyati tizimga yana qanday naf keltirdi?  Birinchidan, 655,5 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishildi. Ikkinchidan, atmosferaga 860,7 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi. Uchinchidan, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 1 million 538 ming 462 ta xonadonning 6,5 oylik yoki 833 ming 333 ta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasi bo‘lib, ushbu miqdordagi tabiiy manba iqtisod qilindi.

O‘zbekiston ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizini “yashil” manbalardan qoplaydi

O‘zbekiston “yashil” energetikani rivojlantirish yo‘lida shahdam qadam tashladi. Bu bilan nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki MDH, Rossiya, Xitoy, Yevropa davlatlari o‘rtasida o‘z imkoniyatlarini namoyon qila oldi. 

O‘z navbatida, ushbu dadil harakat ortidan O‘zbekiston islohotlarga ergashtiruvchi mamlakatga aylanmoqda.

Bugun yurtimizda “yashil” loyihalar soni yildan yilga ortmoqda. Ularning qay biri qaysi vaqtda qurilib, qachon ishga tushirilganini eshitsangiz, faqat hayratda qolasiz. Negaki, mamlakatimizdagi olamshumul o‘zgarishlar guyoki vaqt bilan tenglashmoqda.

Keling yana loyihalar haqida so‘z yuritamiz.  2024 yilda umumiy quvvati 2600 megavatt bo‘lgan 10 ta, jumladan, Navoiy viloyatining Tomdi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida, qolaversa, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham quyosh hamda shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.

2025 yilda esa Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta hamda 2029 yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 2300 megavattga teng bo‘lgan 6 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu kabi tizimli ishlar natijasida 2026 yilga borib, O‘zbekistonda umumiy quvvati 5000 megavatt, 2030 yilda esa 18000 megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari umumtarmoqqa “yashil energiya” uzata boshlaydi.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi direktori Jon Zaidi “yashil” loyihalarda ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.

–O‘zbekiston ko‘plab sohada katta sakrash qildi. Xavfsiz, qulay va barqaror energiya tizimiga ega bo‘ldi. Bunga sabab Prezidentning uzoqni ko‘ra bilishi va yetakchi sifatida mamlakatni odilona boshqarayotganidadir. Oldin kutilayotgan 2 gigavattli natija ayni shu omillar sabab bugun 20 gigavattga yetdi. Rejalarni loyihalarga, loyihalarni qurilishga va nihoyat qurilishning real natijalarga aylanishi bunday sakrashga turtki bo‘ldi. “Yashil” energetika sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yetuk mutaxassislar va umuman keng imkoniyatlar 2030 yilgacha belgilangan asosiy vazifa va strategiyalar hisoblanadi. “ACWA Power” bu o‘sishning bir qismi ekanligidan xursandmiz. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘lda, u nafaqat yaxshi natijalarga erishyapti, balki bu bilan qo‘shni davlatlarni ham o‘z ortidan ergashtiryapti, – deya ta’kidlaydi Jon Zaidi. 

Qayd etish kerakki, bu loyihalar ishga tushirilgach, energetika tizimida 2030 yilga borib yiliga 50 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.  Yiliga qariyb 15 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Atmosferaga 21 million tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi. Eng muhimi, O‘zbekiston ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizini “yashil” manbalardan qoplashdek ulkan muvaffaqiyatga erishadi.

Xulosa o‘rnida: ona tabiatning o‘zi yechim bergan

O‘zbekiston serquyosh o‘lka hisoblanadi. Bu esa bizga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Zero, bugun ushbu tizimdagi muammolarga barham berishda ona tabiatning o‘zi “yashil” energetikani taraqqiy ettirish yechimini bergan. Bu ne’matdan faqat oqilona va samarali foydalanishni bilish yetarlidir.

Nasiba ZIYODULLAEVA,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirish chinakam umummilliy harakatga aylanmoqda