Ma’lumki, bugungi kunda barcha jabhalarda raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Milliy metrologiya instituti tomonidan “Vaqt va chastota etaloni” yaratilishi ham ayni jarayonning uzviy qismidir.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda o‘lchov birligini ta’minlash, milliy tizimni rivojlantirish va takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar samarasi haqida so‘z bordi. Vaqt va chastota laboratoriyasi ayni yo‘nalishdagi yirik loyihalardan biridir.

Vaqt va chastota etaloni – xalqaro birliklar tizimi (SI)dagi vaqt birligi soniya (s)ni hosil qilish tarifiga asosan, 10-14 daraja aniqlikda soniya, 10 MHz mos chastotani hosil qilish va uzatish, respublika miqyosida milliy vaqt shkalasi UTC (UZ)ni ishlab chiqish va tarqatish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga etalon vaqt va chastota o‘lchov vositalari metrologik tekshiruvini amalga oshirish, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlashda ham qo‘llanadi.

Qayd etilishicha, avval ham shunga o‘xshash tekshirish jarayoni kuzatilgan, biroq aniqlik ancha past bo‘lgan. Bu holat vaqt bilan bog‘liq milliy va xalqaro darajadagi faoliyatda yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tafovut sabab, barqarorlikka to‘sqinlik qilgan.

Xalqaro tajribada ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida davlat darajasida “Vaqt va chastota xizmati” joriy etilgan. Ushbu xizmat nafaqat aniq vaqt signalini uzatadi, balki Xalqaro o‘lchov va tarozi byurosining, Xalqaro atom vaqti guruhi a’zosi sifatida muvofiqlashtirilgan universal vaqtini shakllantirishda muhim hisoblanadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini yangilash borasida jadal ish olib borilmoqda. Xususan, oxirgi 5 yil ichida etalonlar soni 2,5 barobar ortib, 9 tadan 24 taga yetkazildi. Vaqt va chastota xizmatining texnik asosi hisoblangan “Vaqt va chastota etaloni” olib kelindi.

[gallery-14418]

Ushbu vaqt va chastota etaloni Turkiya milliy metrologiya instituti (TUBITAK UME) va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida yaratilib, etalon uchun maxsus infratuzilmaga ega laboratoriyani ishga tushirish jarayoni yakunlandi.

Mazkur etalon, vaqt va chastota birligi hosil qiluvchi 2 ta seziy soati, global navigatsiya tizimi orqali vaqt va chastota qiymatini uzatuvchi va qabul qiluvchi maxsus tizimdan tashkil topgan.

– Insoniyat hayotida, jamiyatdagi barcha sohalarda har bir daqiqaning aniqligi juda muhim, – deydi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov. – Vaqt va chastota birligi noaniqligi turli xil ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, bank-moliya tizimida pul o‘tkazmasi vaqtida amalga oshmasligi yoki xatolik yuz berishi, transport-logistika yo‘nalishida reyslar vaqtida yurmasligi mumkin. Axborot texnologiyasi sohasida ham har bir daqiqaning aniqligi juda muhim. Aniq vaqt ta’minlanmasligi texnik jihatdan uzilishga olib keladi. Vaqtdagi xatolik iste’molchi  yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida moliyaviy tafovutni yuzaga keltiradi. Mamlakatimizda vaqt va chastota etaloni ishga tushirilishi ana shunday salbiy holatlarning oldini oladi. O‘zbekiston milliy metrologiya institutida hosil qilingan vaqt va chastota etaloni vaqt birligini o‘n daraja manfiy 14 aniqlikda hosil qiladi. Avvalgi mavjud etalonning aniqligi bir necha bor past edi.

Dunyo bo‘yicha xuddi shunday laboratoriyaga ega 85 davlat vaqtni  doimiy ravishda sinxronlashtirib boradi. Buning natijasida xalqaro vaqt shkalasi yuritiladi.

Endi ilk bor xalqaro vaqt shkalasiga UTC UZ nomi bilan O‘zbekiston vaqt shkalasi kiritiladi. Bu laboratoriya MDH davlatlari orasida to‘rtinchi hisoblanadi. To‘g‘ri, vaqt va chastota hosil qilish bir ish, aniqlik va doimiylikni saqlab qolish va abonentlarga yetkazib berish esa masalaning eng muhim jihatidir.

Tadbir doirasida tashkil etilgan seminarda aloqa, raqamlashtirish, bank, logistika  aeronavigatsiya, kosmos, mobil va internet operatorlari vakillari ishtirok etib, sohaga oid qator dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilishdi.

Go‘zal Sattorova, Nosirjon Haydarov,  Murodxon Xo‘jayev (surat), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda vaqt va chastota laboratoriyasi ishga tushdi