Tamaki har yili 8 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ladi. Chekmaydiganlarga qaraganda chekuvchilarda COVID-19ning og‘irroq kechish xavfi yuqori ekanligi haqida dalillar paydo bo‘lgandan so‘ng, millionlab odamlar chekishni tashlashga qaror qilishdi.

Shu kunlarda Uzbekistan British American Tobacco (UZBAT) O‘zbekistonda Omni™ni taqdim etish maqsadida “Tamaki zararini kamaytirishning ilmiy asoslari” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumaniga mezbonlik qilmoqda.  

Tamaki zararini kamaytirish strategiyasini qabul qilgan mamlakatlarda allaqachon sog‘liqni saqlash sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Tamaki zararini kamaytirish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda xorijiy tajribalar bilan tanishib chiqadigan bo‘lsak:

Shvetsiyada tutunsiz muqobillarni joriy etish tufayli Shvetsiya Yevropada chekish bo‘yicha eng past ko‘rsatkichga (5,3%) erishdi va o‘pka saratonidan o‘lim darajasi Yevropa Ittifoqidagi o‘rtacha darajaga (66,7) nisbatan eng past ko‘rsatkichga ega.

Yaponiyada 2018-2023 yillar oralig‘ida sigaret savdosi taxminan 33 foizga - 133,6dan 89,2 milliard donagacha kamaydi. Shu bilan birga, tamakini qizdirish mahsulotlari 2014-yilda paydo bo‘lganidan beri butun tamaki bozorining 44% dan ortig‘ini egalladi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, yurtimizda noqonuniy sigaret bozoriga qarshi olib borilayotgan doimiy kurash, byudjet daromadlarini oshiradi va noqonuniy sifatsiz mahsulotlarga duch kelayotgan iste’molchilarni himoya qiladi.

Tadbir davomida BAT kompaniyalari guruhi tomonidan ta’kidlanishicha, alternativ chekish mahsulotlari toifalari uchun oqilona tartibga solish muhitini ta’minlash mamlakatda chekish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash yukini kamaytirishning kaliti hisoblanadi.

Toshkentda tamaki zararini kamaytirish strategiyalariga (Tobacco Harm Reduction, THR) bag‘ishlangan Omni™ axborot platformasi taqdimotida e’lon qilingan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda taxminan 3,8 millionta sigaret chekadigan kishi va taxminan 2,5 million kishi doimiy ravishda nosvoy iste’mol qiladi — bu Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan, an’anaviy, tutunsiz, qo‘lda tayyorlanadigan tamaki mahsulotidir.  

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tamaki iste’moli yurakning ishemik kasalliklari, insult va periferik tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shunday ekan tanlov har bir insonning o‘z qo‘lida. Bizni kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang.

A.Suyunov tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda tamaki zararini kamaytirish masalalari muhokama qilindi