Bugungi kunda dunyoda iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasi va suv resurslarining taqchilligi kabi vaziyat kuzatilmoqda. Suv resurslari kamayib, yuqori harorat ekinlar hosildorligiga va chorva soniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda havfsizligini ta’minlashni qiyinlashtirmoqda, prognozlash va rejalashtirishning aniqligini susaytirmoqda.

Shunga qaramasdan yurtimizda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligining yuqori salohiyatidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, sohani isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu barobarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholiga  ekologik sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish doimiy e’tiborda.  

Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida agrar sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Xususan, ilm-fan va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini joriy etish orqali dehqon va fermerlar daromadini 2 baravar oshirish kutilmoqda.

Buning uchun mavjud yer maydonlaridan va suvdan samarali foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Yerdan mehnat unumdorligini, hosildorlikni oshirish orqali ko‘proq daromad olish  choralari ko‘rilmoqda.  Shu maqsadda paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, bunga aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimi yaratildi.  Xususan, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar yer maydoni dehqon xo‘jaligi tashkil etish orqali sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga ijaraga berilmoqda.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida mamlakatimiz aholisining 3,5 mlnga yaqini  mehnat qilmoqda. Bu qishloqdagi mehnatga layoqatli aholining 55 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.  

Qishloq joylarida aholiga tadbirkorlik sharoitlarini yaratish, yer ajratish bo‘yicha ochiq auksion savdolarida g‘oliblarni aniqlashda “Mahalla daftarlari”ga kiritilgan oilalar vakillari bilan bir qatorda chetdan qaytgan fuqarolarimizga ham ustuvorlik berish orqali ularning bandligini ta’minlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Tarmoqda olib borilayotgan bu kabi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmlarini o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, keyingi ikki yilda  193 ming gektar yer aholiga ijaraga berildi va qo‘shimcha 2,5-3 mln tonna qishloq xo‘jaligi  mahsulotlari yetishtirildi. Shuningdek, 100 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi hisobiga hosildorlik 10-15 foizga oshdi.  

Joriy yil yakuniga qadar 428 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab  chiqarilishi va 2022 yilga nisbatan 3,7 foizga o‘sish kutilmoqda.  Agarda agrar tarmoqda qishloq xo‘jaligi yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sish sur’atlari  2017 yilda 1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 3,6 foizni tashkil etdi.

Ayni vaqtda yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 60 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi oxirgi yetti yilda qariyb 2 barobarga oshgan. Bir gektar ekin maydonidan olingan jami  hosil bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdik.

Yana bir muhim yo‘nalish, bu — mavjud yer resurslaridan bir necha marta hosil olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlardir. Bu, birinchi navbatda, g‘alla ekkan fermerlarimiz dalasida takroriy ekinlardan qo‘shimcha mahsulot olish. Bu orqali ham ichki, ham tashqi bozorga mahsulot chiqarish imkoniyati kengayadi.  

Keyingi yillarda tarmoqda qabul kilingan dasturlar asosida 2024 yilda ham sabzavotchilikda 30 ming gektarda intensiv usulda mahsulot yetishtirish hamda g‘alladan bo‘shagan 780 ming gektar ekin  maydonlarida  takroriy ekinlarni ekish tadbirlari amalga oshiriladi.

Hozirda barcha toifa xo‘jaliklarida to‘qsonbosti ekinlar ekishga e’tibor qaratilmoqda. 2024 yil hosili uchun 529 ming gektarda piyoz va sarimsoqpiyoz hamda 386,5 ming gektarga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish rejalashtirilgan. Buning 75,8 ming gektari fermer xo‘jaliklariga, 266,4 ming gektari aholi tomorqalari hamda 186,8 ming gektari dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu maydonlarda 2024 yil mart-may oylarida jami 10,8 mln. tonna, 2022 yilga nisbatan 5,8 mln. tonna ko‘p ertaki sabzavotlar yetishtiriladi.  

Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish, biologik  eskirgan navlar o‘rniga iqlim o‘zgarishiga mos hosildorligi yuqori yangi navlarni kengaytirish, irrigatsiya tizimida suv hisob-kitob tizimini raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yishga ham  etibor qaratilmoqda.

Hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, sug‘orish tizimini rivojlantirish va cheklangan suv resurslarini iqtisod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish dorasida qo‘shimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘zlashtirish va mazkur yerlarda ozuqabop, dorivor, moyli, dukkakli, sholi, g‘alla, sabzavot, poliz ekinlari ekish, intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish maqsad qilinmoqda.  

2024 yilda kanallarni ta’mirlash, lotoklarni yangilash  kabi ishlarni bajarish orqali 706 mln metr kub suv iqtisod qilinib, 411 ming gektar maydonni sug‘orish ta’minlanadi.

Suv resurslaridan foydalanishda nafaqat bugungi, balki kelajak avlod haqida ham qayg‘urishimiz zarur. 80 foizdan ortiq suv resurslari qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Shundan kelib chiqib, qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi ob’ektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish zarur.

Arar sohani rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida qatori ishlar bajarilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirish borasidagi dasturlar bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun erishilayotgan natijalar kelgusida mamlakatimizda oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, bozorlarimizda to‘kinlik va barakani oshishiga xizmat qiladi. Bunda esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning fermer va dehqon xo‘jaliklarining o‘rni beqiyos.  

Zokir Allamurodov,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va

tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish-xalqimiz turmush farovonligini ta’minlovchi omil