O‘zbekistonda “Muhandislik oyligi” start oldi (+video)
Mamlakatimizda muhandislik sohasini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar doirasida 2026-yil aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur oylik doirasida mamlakatimiz bo‘ylab 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida turli tanlov, olimpiada, musobaqa va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi yoshlarni aviatsiya, robototexnika, dron texnologiyalari, yashil energetika, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi yo‘nalishlarga jalb etishdan iborat.
“Muhandislik oyligi”ning ochilish tadbiri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari vakillari, yosh muhandislar va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, “The First International Students Forum TUIT-2026” xalqaro forumi doirasida xorijiy davlatlardan kelgan talabalar ham qatnashdi.
Tadbir doirasida “Oliygoh kubogi” tanlovining final bosqichi, muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi, “Dron Racing” musobaqasi hamda robototexnika yo‘nalishidagi loyihalar taqdimoti tashkil etildi. Tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
“Muhandislik oyligi” yoshlarning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, ularni istiqbolli kasblarga yo‘naltirish hamda mamlakatda innovatsion rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiladi.
<iframe width="830" height="467" src="https://www.youtube.com/embed/ZBNj2eNvSOg" title="O`zbekistonda “Muhandislik oyligi” start oldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, H.Bayonov (video),
S.Obidjonov (montaj), N.Haydarov (surat), O‘zA