Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2024 yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Unga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

Ushbu natija Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan. Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar, Buxoro viloyatida – 11,8 foizdan 8,7 foizgacha, Samarqand viloyatida – 10,5 foizdan 7,5 foizgacha, Namangan viloyatida – 10,4 foizdan 7,6 foizgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.

2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi. Buning natijasida 2024 yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln. so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln. so‘m).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida ish haqi – 42,6 foiz (2023 yilda – 41,9 foiz), tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz, pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz, qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz, xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz, boshqa daromadlar – 3,6 foizni tashkil etdi. Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023 yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi