Özbekistonda gidroelektr stansiyalari soni 106 taga yetdi (+video)
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida “Özbekgidroenergo” AJ faoliyati, sohadagi islohotlar va istiqboldagi rejalarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizdagi GESlar soni 36 tadan 106 taga yetkazilib, umumiy örnatilgan quvvat 2,5 GVtni taşkil etdi.
2026-yilning yanvar-sentabr oylarida jamiyat tomonidan 6 642,7 million kVt.soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, reja 120 foizga bajarildi. Ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş 124 foizni taşkil etdi. Elektr energiyasi qiymati 3 trillion sömga yetdi, kunlik işlab çiqariş hajmi esa ilk bor 50 million kVt.soatdan oşdi.
“Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Farrux Nurullayev jamiyatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va raqamli transformatsiyani jadallaştiriş ustuvor vazifalar ekanini taʼkidladi.
– Bizning asosiy maqsadimiz jamiyatning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlaş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va mavjud resurslardan oqilona foydalanişdir. Xarajatlarni maqbullaştiriş, raqamli transformatsiyani jadallaştiriş hamda investorlar bilan hamkorlikni kengaytiriş orqali investitsiyaviy jozibadorlikni oşirişni maqsad qilganmiz, – dedi F.Nurullayev.
Tadbirda aytib ötilganidek, ötgan davrda 151,9 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya özlaştirilib, belgilangan reja 110 foizga bajarilgan. Şundan 48,7 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hissasiga töğri kelib, uşbu yönalişdagi reja 141 foizga ijro etilgan. Jamiyatning öz mablağlari hisobidan esa 103,2 million dollar investitsiya yönaltirilgan. Şuningdek, umumiy quvvati 74,3 MVt bölgan 9 ta energetika loyihasi işga tuşirilib, 120 ga yaqin yangi iş örni yaratilgan.
“Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisi örinbosari Azimjon Ahmadjonovning qayd etişiça, investitsiya loyihalarini kengaytiriş, yangi GESlarni quriş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
– Mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalaniş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş va investitsiya loyihalarini öz vaqtida hamda sifatli amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Buning uçun xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş ustida işlayapmiz. Şu bilan birga, sanoat işlab çiqarişi va mahalliylaştiriş yönalişida ham muayyan natijalarga erişyapmiz. Xususan, jamiyatda 576,3 milliard sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarildi. 8 ta mahalliylaştiriş loyihasi doirasida 177,2 milliard sömlik mahsulot tayyorlandi. Xarajatlarni maqbullaştiriş orqali esa 156,4 milliard söm mablağ tejaldi, – dedi A.Ahmadjonov.
Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlarning savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.
Nasiba Ziyodullayeva,
Doniyor Yoqubov,
Anvarxöja Ahmedov (video+montaj),
ÖzA