2023 yilda O‘zbekistonda 68 ming 395 nafar fuqaroga 16 trillion 851 milliard so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.
Eng ko‘p ipotika krediti olinishi bo‘yicha Toshkent shahri birinchilik qilmoqda.
Hisob–kitoblarga ko‘ra, Oxirgi uch yil davomida Toshkent shahri aholisi boshqa hududlardagiga qaraganda eng ko‘p ipoteka kreditlari olgan. Masalan 2021 yilda poytaxt aholisi 2,6 trillion so‘m ipoteka kreditlari olishgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatgich — 4,3 trillion so‘mni tashkil qilgan, 2023 yil hisobiga ko‘ra raqamlar 5 trillion so‘mni ko‘rsatayapdi.
O‘tgan yildagi hududiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra Farg‘ona viloyati 1,3 trillion so‘m, Navoiy, Toshkent va Samarqand viloyatlarining har biriga 1,2 trillion so‘mdan yuqori miqdordagi ipoteka kreditlari ajratilgan. Eng kam kredit olganlar Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelayapdi 380 milliard so‘m.
Kreditlarning 69 foizi 31 yoshdan 50 yoshgacha, 20 foizi 18–30 yoshgacha, 11 foizi esa 50 yoshdan yuqori fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
<iframe width="917" height="516" src="https://www.youtube.com/embed/RrMbT46k5GM" title="O‘zbekistonda eng ko‘p ipoteka krediti olayotgan hududni bilasizmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Markaziy bank hisobotida so‘nggi 6 yilda aholiga jami 62,9 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratilgani keltirilgan.
Nozimbek Mardonov, Doniyor Yakubov (video), O‘zA