Bugun, 26 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.

Xavfsizlikni ta’minlash, dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda tinchlikni asrash, xalqimizning erkin va farovon hayot kechirishini ta’minlashda mudofaa, huquq-tartibot organlari bilan bir qatorda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlarining alohida o‘rni bor.

Ko‘pincha ular ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Ammo eng qiyin vaziyatlarda, qaynoq nuqtalarda ular bor. Kimdir bu yurtga g‘araz niyatda qarasa, osoyishtalikka putur yetkazmoqchi bo‘lsa, ular birinchilardan bo‘lib buni sezadi va bunga barham beradi. Kerak bo‘lsa, ko‘ksini qalqon qiladi.

Bugun ularning kasb bayrami. 2021 yil 14 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun bilan 26 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni, etib belgilandi.

”O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, DXXning asosiy vazifalari – O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.

DXX – davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.

DXX davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. O‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlaydi. Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlaydi.  

Ayni paytda soha xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirayotir.  

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga bo‘ladigan xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.  

Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo‘yicha izchil faoliyat olib bormoqda.  

Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy-tarixiy hamda boy ma’naviy merosini himoya qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiyalar va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga shart-sharoit yaratuvchi omillarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish kabi yo‘nalishlarda  ishtirok etmoqda.  

DXX o‘z faoliyatida  qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, fuqarolarning yordamiga tayanish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi ustuvorligi, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiya kabi prinsiplarga amal qiladi.  

Qonunga binoan DXXning harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.

Shu kunlarda DXX xodimlari amalga oshirayotgan ishlarga bir nazar tashlasak: yaqinda DXX hamda IIV xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida inson organlari va to‘qimalari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi. Uyushgan jinoiy guruhning 2023-2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan. Uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Hozirda jinoyat sud organlariga yuborilgan.  

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarodan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 million so‘m talab qilgan.

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va shu’ba boshlig‘i ushbu pul mablag‘ni olgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tojikistondan olib kelingan 66 kg. narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. “Rovot” chegara bojxona postida avtomashina sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz ballon ichiga 53 dona o‘ramda giyohvandlik vositalari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramlarda 50 kg. 852 gr. “opiy” va 6 kg. 927 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlandi.

Bunday misollarni yana davom ettirish mumkin. Ularning zamirida inson huquqlari himoyasi, xalqimiz manfaatlari, davlatimiz xavfsizligi yotibdi.  

Xulosa qilib aytganda, DXX xodimlari xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday holatga chek qo‘yish, tinchlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavflarga qarshi turishda fidoyilik ko‘rsatmoqda.  

Ana shunday fidoyilarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. Murakkab, ammo sharafli ish faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz.  

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni nishonlanmoqda