Özbekistonda Apple, Google va Meta 9 oyda 153 mlrd sömdan ortiq soliq töladi (+video)
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi 109 ta xorijiy kompaniya byudjetga jami 232,8 mlrd söm soliq töladi.
Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 85 foizga köp. Elektron xizmatlar körsatuvçi top-10 xorijiy kompaniya:
➖ Apple — 54,2 mlrd söm;
➖ Google — 52,6 mlrd söm;
➖ Meta — 46,7 mlrd söm;
➖ Valve Corp. — — 22,8 mlrd söm;
➖ Anthropic — 14 mlrd söm;
➖ OpenAI — 10 mlrd söm;
➖ Midasbuy — 4,8 mlrd söm;
➖ Booking.com — 4,2 mlrd söm;
➖ TikTok — 2,4 mlrd söm;
➖ Anysphere — 2,2 mlrd söm.
Şu bilan birga, mazkur davrda körsatilgan elektron xizmatlarning umumiy qiymati 85,2 foizga oşib, 1,04 trln sömdan 1,94 trln sömga yetgani qayd etildi. Mamlakatda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan xorijiy raqamli xizmatlar soni ham muttasil ösib bormoqda. Ularning soni 2025-yilning 1-yanvar holatiga köra 63 tani, 2026-yil 1-yanvar holatiga köra esa 78 tani taşkil etgan bölsa, 2026-yil oktabr oyiga kelib bu körsatkiç 109 ta kompaniyaga yetgan. Natijada, bozordagi xorijiy kompaniyalar soni 2025-yil boşiga nisbatan 46 taga köpaygan.
M.Turdaliyeva,
I.Ismatov. ÖzA