Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Lanchjou investitsiya va savdo forumida ishtirok etdi. Unda O‘zbekistondagi mahalla tizimi, “yettilik” faoliyati taqdimot orqali namoyish etildi.  

Forum davomida yurtimiz delegatsiyasi Butunxitoy sanoat va savdo federatsiyasi Tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan ham uchrashdi.  

Chjao Sinszu Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi.    

Lanchjou investitsiya va savdo xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z paviloni bilan ishtirok etdi.  

Ma’lumot uchun: mamlakatimiz delegatsiyasining XXRga safari davom etadi. Safar davomida yana bir qator soha va yo‘nalishlarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Xitoy: Hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi