Vatanimiz tarixidagi 8 mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1220 yil (bundan 805 yil oldin) – tongotar paytida mo‘g‘ullar Samarqandni o‘qqa tutib, shaharga hujum boshladi. Oldinda mo‘g‘ul o‘nboshi boshchiligida o‘ntadan bo‘lib saf tortib, bayroqlar ko‘tarib hasharchilar borishdi, ularning panohida esa mo‘g‘ullar borishdi. Hasharchilarga va ularga boshchilik qilayotgan mo‘g‘ullarga darvozalar oldidan qal’a xandaqlarini buzib tashlash buyurilgan edi. Mo‘g‘ullar Samarqandga shiddatli hujum qildi, biroq himoyachilar bu hujumni qaytarib turdi. 

1749 yil (bundan 276 yil oldin) – Hazrati Imlo vafot etdi. Hazrati Imlo hijriy 1099 yili (milodiy 1687/1688 yili) Buxoro xonligining janubiy sarhadlaridan biri, “ummul bilad” (shaharlar onasi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Balxda tavallud topadi. Tarixchi Abdusattor Jumanazarning qayd etishicha, u Buxoro shahriga Ubaydullaxon hukmronligining oxirgi davrlarida kelgan. Hazrati Imlo Abulfayzxon zamonida Buxoro ahli orasida katta obro‘-e’tibor qozonadi. U Buxorodagi hayoti mobaynida yashagan guzarida masjid, xonaqoh, madrasa va sardoba qurdiradi. Ko‘plab so‘fiylar uning vositasi ila oliy maqomlarga erishadi. Hazrati Imlo nazmda qalam tebratib, ajoyib devon tuzgan.

1917 yil (bundan 108 yil oldin) – Ko‘qonda o‘qituvchidar jamiyati tomonidan “Kengash” jurnali chiqarila boshlandi. Uning muharriri muallim Hamza Hakimzoda bo‘lgan. Jurnalning 1- va 2-sonlari sakkiz, 3–5-sonlari 16 sahifali bo‘lib chiqqan. 1-sonida ta’kidlanishicha, u “Har ikki haftada chiqadurg‘on ta’mimi maorifdan bohis (ma’rifat yoyishdan bahs etuvchi) jurnal”. Beshta soni chiqqandan so‘ng to‘xtagan.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Xorazmdagi birinchi gazeta “Inqilob quyoshi” chiqa boshladi. Gazeta Otajon Abdalov tomonidan haftasiga uch yuz nusxada chiqarilgan. 

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda va aktrisa Qamara Burnasheva tavallud topdi (vafoti 2000 yil). U O‘zbekiston xalq artisti Abbos Bakirovning turmush o‘rtog‘i, O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirovaning onasi. Qamara Burnasheva noyob va takrorlanmas obrazlar yaratish orqali Andijon teatr san’atining darg‘alaridan biriga aylangan, respublikamizda ham o‘z o‘rniga, nufuziga ega san’atkor bo‘lgan. U serqirra aktrisa bo‘lib, o‘tkir hajviy, lirik va murakkab psixologik rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning o‘zbek teatr va qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari munosib baholangan. U 1960 yili “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 1998 yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – tergov organlari Abdulla Qodiriy xonadonini tintuv qilib, yozuvchini qamoqqa oldi. Bir necha kun Qodiriy nima sababdan qamalganini, aybi nimadan iborat ekanini aniq bilmaydi, uni vaqtida so‘roq ham qilishmaydi. Nihoyat, 22 mart kuni u tergovga chaqirishlarini so‘rab Davlat siyosiy boshqarmasi komendantiga ariza yozadi. Rus tilida bitilgan arizada shunday deyilgan:

“Shu yilning 8 martida hibsga olindim va hanuzgacha nazorat ostida qamoqda saqlanib kelinmoqdaman. Haligacha so‘roqqa chaqirilganim yo‘q. Umuman ne gunohlarim uchun ayblanayotganligim men uchun qorong‘i. Zarracha bo‘lsa-da, o‘zimni gunohkor sezayotganim yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, meniig ishim kimda ekanligini aniqlab, tergovga chaqirishlaringizni so‘rayman. Aks holda o‘zimni qurbon qilsam-da, 24 martdan boshlab ochlik e’lon qilaman”.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mag‘kamasining “Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yunalishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq artisti Qamara Burnasheva tavalludiga 105 yil to‘ldi