
30 noyabr-1 dekabr kunlari zoom platformasi orqali Osiyo paralimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi o‘tkazilmoqda.
Assambleyada qit’amizning 45 ta mamlakatidan Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, Assambleyaning bugungi ish kunida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev delegatsiya a’zolari tomonidan bir ovozdan Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga munosib ko‘rildi.

